Bu haqda AQŞning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari (CDC) ma'lumotlariga tayanib The Philadelphia Inquirer naşri xabar berdi. 

AQŞda koronavirusga çalingan 7162 kişining kasalliklari haqida ma'lumotlar töplangan. Oçiqlangan hujjatlarda amerikalik fuqarolarning surunkali kasalliklari va zararli odatlari haqida ma'lumot bölgan. Ularga köra, koronavirusga çalingan va qand kasalligiga ega 784 bemordan yarmi şifoxonaga yotqizilgan, ulardan 148 nafari (18,8 foiz) jonlantiriş bölimiga ötkazilgan. Öpkaning turli oğirlikdagi kasalliklariga ega 656 bemordan uçdan bir qismidan köpi şifoxonaga yotqizilgan, ulardan 94 nafari (14,4 foiz) jonlantiriş bölimiga jönatilgan.

Yurak xastaliklariga ega 647 bemordan yarmi şifoxonaga tuşgan, ulardan 132 kişi (20,4 foiz) jonlantiriş bölimiga ötkazilgan. Buyrak bilan muammolarga ega bölganlarning uçdan ikki qismi şifoxonaga tuşgan, ulardan 56 nafari (26,2 foizi) jonlantiriş bölimiga ötkazilgan. 

CDC materiallaridan şu narsa ayon böladiki, tamaki çekuvçilar kasallikni tamaki çekmaydiganlarga nisbatan oğirroq ötkazadilar. Örtaça hisobda, koronavirusga çalingan tamaki çekuvçilardan çorak qismi şifoxonalarga jönatilgan. Biroq tibbiyotçilar tamaki çekiş va koronavirus örtasida boğliqlik borligini tasdiqlay olmaganlar, çunki statistika öz zararli odati haqida ma'lum qilgan 96 kişigagina asoslangan. Şu bilan birga ta'kidlanişiça, koronavirus pandemiyasida tamaki çekişning zarari yuqoriligini xitoylik mutaxassislar tasdiqlaşgan.