Yangi niqob koronavirus, bakteriya va boşqa zararli organizmlarga qarşi kuraşda samarali vositaga aylanişi aytilmoqda.
LIGC Applications kompaniyasi ma'lumotiga köra, Guardian G-Volt niqobi bu «havo orqali yuqadigan virus va bakteriyalarga qarşi kuraşda bir qadam olğa harakatdir», çunki u grafenning antibakterial va ötkazuvçanlik xususiyatlaridan foydalanadi
Guardian G-Volt 0,3 mikrometrdan katta hajmdagi zarralarga qarşi 99 foizlik, undan kiçikroq zarralarga qarşi esa 80 foizlik samaraga ega.
Taqqoslaş uçun: N95 respirator niqob 0,3 mikrometr ölçamdagi zarralarning 95 foizini bloklaydi.
G-Volt Guardian USB porti orqali quvvatlaniş manbayiga ulanganida undan past darajadagi elektr quvvati ötadi. Bu zaryad grafenli niqob tomonidan uşlab olingan zarralarni yöq qiladi. Şu tariqa, niqob töliq sterillanadi, undan qayta foydalaniş mumkin böladi.
Koronavirus butun dunyoda avj olgani sababli N95 respirator niqoblar samaradorligiga şubha paydo böldi. Bunday niqob nam bölişi bilan uni utilizatsiya qiliş va yangisiga almaştiriş kerak.

LIGC Applications xalqaro hamkorlik bölimi rahbari Yossi Levinning ma'lum qilişiça, bunday niqobni tayyorlaş ustida yillar davomida iş olib borilgan va Isroildagi Ben-Gurion hamda AQŞdagi Rays universitetida tajribalar ötkazilgan.
«Biz birinçi navbatda olimlarmiz. Biz uçun mazkur texnologiyani qiyin vaziyatlarda qöllaş imkoniyatiga ega böliş katta ahamiyatga ega».

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hozirgi kunda koronavirusga çalingan bemorlar bilan bevosita muloqot qiladigan va yötalayotgan kişilargagina niqob taqişni maslahat bermoqda.
Niqoblar virusning burun va oğiz orqali odam organizmiga kirişidan himoya qilişi mumkin. Biroq uni közlar orqali yuqtirib oliş ehtimoli ham mavjud. Qöllarni muntazam sovunlab yuviş koronavirusdan samarali himoya sanaladi.

Grafen – qalinligi atomga teng bölgan material. U antibakterial xususiyatga ega. Şuning uçun, Guardian G-Volt foydalanuvçini bakteriyalardan ham himoya qilişi mumkin.
Grafen ikki ölçamli material hisoblanadi. Grafendan amaliy maqsadlarda foydalaniş uçun uni uç ölçamli şaklga özgartiriş zarur. Bu lazer yordamida amalga oşiriladi. Niqobda asosi grafendan iborat mikroğovakli köpikdan foydalaniladi. U bakteriyalarni uşlab qola oladi va niqob yuzasini sterillaş uçun zarur bölgan elektr tokini ötkazadi.

Svetodiod niqobni almaştiriş haqida ogohlantiradi.
LIGC Applications grafenli filtr va niqoblarni Belgiyada işlab çiqaradi.













