Maqolada Qumqörğon tumanidagi Oqtom qişloğidan ötuvçi Oqqapçiğay selgasidan oqayotgan sel oqimlari tuproqni yuvib yuborib, jarlik hosil qilayotgani; tuproqlar öpirilib, tobora turarjoylarga yaqinlaşib borayotgani haqida söz yuritgan edik.

Ayniqsa, ötgan yilgi talafot juda katta bölgan. Seryoğin kelgan bahor va sellar mavsumida jarlar öpirilib, odamlar istiqomat qilayotgan uylarga juda yaqinlaşib qolgan.

«50-100 yildan beri bu selga 6 metrlik soy bölgan. Oqqapçiğay kanalidan sel suvi qöyib yuborilaverib, tiniq suv zaxlab, tuproqni yuvib, yemirib yuboraverib mana şu ahvolga keldi. Bu tuproq yemirilaversa, jar yölidagi xonadonlarni vayron qilib ketaveradi», – degan edi oqtomlik oqsoqollardan Safarali Mansurov.

«Osmonga bitta bulut çiqsa, mazamiz qoçadigan bölgan. Holimizdan biror kişi xabar oladimi yöqmi?» — degandi Öğiloy Yusupova.

«Kelgan mas'ullar hujjatimiz yöqligini, noqonuniy ötirganimizni bahona va peş qilişmoqda. 40 yil oldin bu yerlar inson yaşamaydigan, çangalzorlar edi. Oqqapçiğayda suv çiqqanidan keyin şu yerlarni özlaştiramiz deb, biz kelib joylaşdik, obod qildik. Öşa paytlar nega heç kim kelib ogohlantirmadiki, bu yerlar xavfli joy, deb. Endi kadastr va egalik huquqini söraşmoqda», — devdi Şavkat Saidov hamda Turdi bobo Norov.

Öşanda biz mazkur masala yuzasidan Qumqörğon tumani hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari Abduraşid Abdurahimovdan izoh olgan edik.

«Tumanimizda ötgan yili ham seldan katta talafot körilgan edi. Ötgan yilgidek talafot yuz bermasligi uçun juda köp işlar amalga oşirildi. Sel yöllari oçildi, zovurlar qazildi. Bu yil yoğingarçilik avvalgi yilga nisbatan ança köp bölgani bilan deyarli talafotsiz ötkazdik.

Oqtom qişloği masalasida gapiradigan bölsam, bu joylar azaldan xavfli hudud bölib kelgan. U yerning tuproği qumoq (suglinok) hisoblanadi. Ozgina suv bilan ham yemirilib, tuproq köçiş, jar hosil böliş xususiyatiga ega. Boz ustiga, yildan yilga sel kelaverib, jarliklarni yemirib, kengaytirib ketavergan.

Qolaversa, aholi u yerga noqonuniy joylaşgan, şikoyat qilayotganlarning birortasida egalik huquqini beruvçi yoki kadastr hujjatlari mavjud emas. Şunday bölsa-da, biz xavfni bartaraf etişga yordam beramiz.

Biz ularning ayrimlariga xavfsiz hududga köçiş uçun boşqa yer taqdim etganmiz. Lekin özlari köçişni istaşmayapti.

Ayni paytda selgada hamon suv oqmoqda. Tuproq nam. Biz texnikalarimiz bilan borib qaziş va tuproqni suriş işlarini amalga oşirdik. Lekin texnikalar loyga botib qoldi. Iyul oyida suv oqimi töxtaydi va selga tubi quriydi. Şundagina işga kirişişimiz mumkin. Bu iş nazoratimizda turibdi. Tuman hokimligi qarab ötirmaydi. Öşa körsatilgan joyda suv yöliga albatta damba quramiz», — degan edi Qumqörğon tuman hokimi örinbosari A.Abdurahimov.

Mazkur qişloq ahli yana bizga özlarini qiynayotgan masala böyiça murojaat qilişdi. Yana bahor kelgan, yana sellar mavsumi boşlanib, xavfli hududda yaşovçilarning yuragiga ğulğula oralagan.

Murojaatçilarga köra, ötgan vaqt içida tuman hokimligi va'da qilingan işlarni bajarmagan.

«Sizlarga oldin ham murojat qilib edik, oradan bir yil ötdi. Kun.uz muxbirlari kelib tasvirga olgan joylarni hozirgi kunda suv yuvib, katta jarliklar ostida qolib böldi.

2019 yil iyuldagi holat

Bugungi holat

«2018 yildan beri murojaat qilmagan taşkilot yo idoramiz qolmadi. Haligaça na bizlar uçun yangi uy-joy quriş uçun yer, na kompensatsiya puli berildi. Kun ötgan sari qator turgan uylar buzilib ketayapti. Aholi esa har bir xonadonda eng kami 2-3ta oiladan yaşaşadi, hozirgi kunda 7-8 kişi kimning uyiga ham siğardi.

Çindan ham juda qaltis ahvolda qoldik. Aholi qöni-qöşnining uyida joylaşib, kun keçirişga majbur bölib turibdi.

Bilamiz, aholiga şaroit qilib beriş matbuot yoki rasmiy kanallarning vakolatiga kirmaydi, lekin bizni qiynayotgan mavzuni yana saytlaringizga çiqarib, mutasaddilarning e'tiborini jalb qilişni sörab qolar edik.

Biz har doim tegişli davlat idoralariga murojaat qilganimizda ular tomonidan biriktirilgan xodim kelib vaziyatni örganib qaytişadi, oradan oylar ötgaç, natija bölmagandan keyin xabarlaşsak, vaziyatni örgangan xodimlar Respublikaga yoki boşqa viloyatga boşqa yuqori davlat idoralariga ötib ketişgan böladi. Sizdan iltimos, butun umidimiz sizdan», deb murojaat yöllaşgan oqtomliklar.

Ha, aytgança, yerlik aholining şikoyatiga asosan hududdagi vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan örganilgan. Natijada haqiqatan ham Oqtom qişloğida gidrometereologik xavf yuzaga kelgani, ya'ni şu qişloqda joylaşgan 5ta xöjalik uylariga «Boysun-Oqqapçiğay» sel yöli yaqinlaşib qolgani, mazkur 5ta xöjalikni xavfsiz hududlarga doimiy köçiriş lozimligi töğrisida dalolatnoma rasmiylaştirilgan.

Şunga köra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vazirlik tomonidan viloyat hokimligiga mazkur 5ta xöjalikni xavfsiz hududga doimiy köçiriş yuzasidan taqdimnoma kiritilgani aytiladi vazirlikning şu yil 7 martdagi xatida.

Biz Surxondaryo viloyatidagi mas'ul davlat idoralaridan vaziyatga jiddiy e'tibor qaratişlarini, Oqtom qişloğidagi xavfli hududda qolganlarga yordam beriş yöllarini izlab, muammoni bartaraf etişga qaratilgan amaliy çoralar körilişini kutib qolamiz.

Şuhrat Şokirjonov,
Kun.uz maxsus muxbiri.