Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 6 aprel soat 18:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlariga avtomobilda harakatlaniş uçun maxsus ruxsatnoma talab etib, jami 168 ming 521ta ariza kelib tuşgan. Şundan, 163 ming 444ta körib çiqilib, 28 ming 73tasi qanoatlantirilgan (16,7 foiz), 135 ming 371tasi esa rad etilgan (80,3 foiz).
Qayd etilişiça, 6 aprel kuni soat 20.00dan 7 aprel soat 6.00ga qadar Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi va Toşkent şahar Davlat xizmatlari markazlari özaro hamkorlikda ötkazilgan avtotransport vositalari uçun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanişi ustidan nazorat-reyd tadbirlari natijasida 52ta stiker bekor qilinib, avtomaşinalar jarima maydoniga qöyildi.
«Bu kabi nazorat-reyd tadbirlari muntazam ravişda respublikaning barça hududlarida ötkazilişi haqida ogohlantiramiz», - deyiladi DXA xabarida.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 martdagi 13-son bayoniga asosan Adliya vazirligi hamda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar (stiker) berilişi yölga qöyilgandi.













