Özbekistonda bugungi pandemiya şaroitida ijtimoiy-iqtisodiy va boşqa sohalarning barqarorligini saqlab turiş, aholining munosib turmuş tarzi hamda tadbirkorlik sub'yektlarining samarali faoliyat körsatişi uçun qulay şaroitlarni ta'minlaş maqsadida Respublika maxsus komissiyasining karantin çeklovlarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş böyiça qarori qabul qilindi.
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:
2020 yil 15 avgustdan boşlab:
- avtotransport vositalarining kun davomida töliq harakatlanişi;
- mahalliy aviaqatnovlar va temir yöl qatnovi. Bunda doimiy ravişda har bir aviaqatnov va temir yöl qatnovidan oldin tegişli havo kemasi va temir yöl vagonlarini (har bir örindiqni) töliq dezinfeksiyadan ötkaziş, şu jumladan, ularga havoni zararsizlantiriş anjomlarini örnatiş çoralarini köriş lozim.
2020 yil 17 avgustdan boşlab quyidagilarga ruxsat beriladi:
a) hududlar (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri) örtasida avtotransport vositalari qatnovini tiklaş;
b) jamoat transporti, şahar (tuman) va şahar atrofi yönalişlari böyiça avtobus qatnovi (metropoliten faoliyati bundan mustasno). Uşbu transport faoliyatini taşkil etiş uçun:
- har qatnovga çiqişdan oldin haydovçi va konduktorlarning tana harorati pirometrlarda ölçanib, 37 daraja va undan yuqori bölgan holatda ularning transport vositasini boşqarişiga yöl qöymaslik, ularning tibbiy niqob va qölqopda bölişi;
- jamoat transportida yölovçilarning tibbiy niqobda bölişi va ular orasida ijtimoiy masofa saqlanişi, tibbiy niqob bölmagan holatda ularning transportga çiqişiga yöl qöymaslik;
- transport vositasi doimiy ravişda har qatnovga çiqişdan oldin (şu jumladan, har bir örindiqni) töliq dezinfeksiyadan ötkazilişi zarur.













