Özbekiston Respublikasi prezidentining «Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlaş va uzluksiz kasbiy rivojlantirişning mutlaqo yangi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori imzolandi.
Qaror tibbiy-sanitariya xodimlarini kasbiy rivojlantiriş tizimini yaxşilaş, sohada yetuk va çuqur bilimga ega kadrlarni zamonaviy ta'lim standartlari asosida tayyorlaş, tibbiyot taşkilotlari, ayniqsa birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini professional mutaxassislar bilan ta'minlaş, tibbiyot ta'lim muassasalari professor-öqituvçilarining mavqeini oşiriş, şuningdek, 2019–2025 yillarda Özbekiston Respublikasining soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş maqsadida qabul qilingan.
Prezident qaroriga köra, Soğliqni saqlaş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining 2020/2021 öquv yilidan boşlab 47ta tibbiyot kollejlarini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilgan.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda texnikumlar faoliyatini samarali taşkil qiliş böyiça quyidagilarni nazarda tutuvçi Kompleks dasturni işlab çiqadi, tasdiqlaydi hamda uning öz vaqtida va töliq amalga oşirilişini ta'minlaydi:
- Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining moddiy-texnik bazasini yanada kuçaytiriş, amaliyot xonalarini belgilangan normativlarga asosan jihozlaş, öquv-simulyatsion auditoriyalarni taşkil etiş;
- valeologiya, tibbiy psixologiya, nutritsiologiya, diyetologiya, farmakologiya, kineziologiya, reabilitologiya, profpatologiya fanlari çuqurlaştirilgan holda öqitilişini joriy etiş hamda mazkur texnikumlarning öquv rejalari va fan dasturlarini ilğor xorijiy tajribalar asosida işlab çiqiş;
- tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining yuqori malakali professor-öqituvçilarini jalb qilgan holda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida masofaviy ta'lim orqali dars maşğulotlarini ötkaziş.
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar öz sohasiga mos tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça kiriş imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta'lim muassasalarida 2-kursdan öqişini davom ettiriş huquqiga ega böladi.










