Agentlik maʼlumotiga köra, öquvçining otasi 30-sentabr kuni içki işlar organlariga murojaat qilgan. Suriştiruv natijasida holatga huquqiy baho berilgan va sud muhokamasidan söng tegişli jazo çorasi qöllangan. Rasmiy xabarda sud tayinlagan jazoning turi va miqdori oçiqlanmagan.

Holat aniqlangaç, texnikumda xizmat örganişi taşkil etilgan. Unda voqeaning kelib çiqiş sabablari hamda masʼul xodimlarning öz vazifalarini qanday bajargani tekşirilgan.

Örganiş yakunlariga köra, xizmat vazifalarini bajarişda yöl qöygan kamçiliklari uçun texnikumning yoşlar bilan işlaş böyiça direktor örinbosari va psixolog lavozimlaridan ozod etilgan.

Öquvçiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgan işlab çiqariş taʼlimi ustasi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bir tomonlama bekor qilingan.

Şuningdek, öquv işlari böyiça direktor örinbosari, işlab çiqariş taʼlimi böyiça direktor örinbosari va fizika fani öqituvçisiga hayfsan intizomiy jazosi qöllangan.

Agentlik barça hududlarda içki işlar organlari bilan hamkorlikda öquvçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda taʼlim muassasalarida xavfsiz muhitni taʼminlaşga qaratilgan profilaktik tadbirlar ötkazilayotganini bildirgan.

«Har bir öquvçi taʼlim muassasasida özini xavfsiz va himoyalangan his qilişi kerak», - deyiladi munosabatda.

Agentlik bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik uçun nazorat va profilaktika mexanizmlari işlab çiqilişi, öquvçilar murojaatlarini öz vaqtida örganiş böyiça rahbar va xodimlarning javobgarligi kuçaytirilişini maʼlum qilgan.