Hukumat qarori bilan kasbiy taʼlim taşkilotlarining işlab çiqariş taʼlimi ustalariga malaka toifasi beriş tartibi bekor qilinib, kasbiy sertifikat beriş tizimi belgilandi.

Kasbiy taʼlim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan ustalar har 5 yilda kamida bir marta majburiy tartibda sertifikatlaşdan ötkaziladi. Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.

Sinovlar 2 bosqiçda, jami 100 ballik tizimda ötkaziladi:

• 1-bosqiç - nazariy bilimlar (maksimal 30 ball);

• 2-bosqiç - amaliy könikmalar (maksimal 70 ball).

Sertifikat oliş uçun nomzod har ikki bosqiçning har birida kamida 70 foiz natija körsatişi va umumiy hisobda 70 ball yoki undan yuqori ball töplaşi şart.

Majburiy sinovdan öta olmagan ustaga uni bir marta qayta topşiriş imkoniyati beriladi. Qayta sinovdan ham öta olmagan ustaning mehnat şartnomasi qonunçilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Öquvçilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi kasbiy tanlovlarda 1–3-örinlarni egallagan ustalarga sinovlarsiz töğridan-töğri kasbiy sertifikat beriladi.

Navbatdagi majburiy sertifikatlaş bepul amalga oşiriladi. Ixtiyoriy, yaʼni navbatdan taşqari sertifikatlaş uçun esa bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari miqdorida yiğim undiriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki platforma orqali murojaat qilinganda 10 foiz çegirma taqdim etiladi.