Bavariyaning Landsxut şahri politsiyasi ijtimoiy muloqot qat'iy çeklanişiga qarmasdan döstlari bilan pivo içib ötirgan 27 yoşli şaxsni uçinçi marta uşlagaç, politsiyaçilarning toqati toq böldi va iş sudga oşirildi. Bunga qadar u bilan bir neça marta tuşuntiriş işlari olib borilgan, karantin qoidalarini buzgani uçun jarima ham tölagandi. Bundan heç qanday natija çiqmadi va qoidabuzar bir haftaga qamoqqa taşlandi.

Qonun böyiça jarima

Bu Germaniyadagi ana şunday birinçi holat, ammo bu karantin qoidalariga rioya qilmaydiganlar qanday keskin jazolanişini körsatib turibdi. Yuqumli kasalliklardan himoyalaniş töğrisidagi federal qonun yuridik asos bölib xizmat qilsa-da, jarimalar va jazo şakllari mamlakatning turli federal yerlarida turliça. Qonunda 25 ming yevrogaça jarima yoki qoidabuzar kimgadir kasallik yuqtirgan bölsa, ozodlikdan mahrum qiliş közda tutilgan.

Eng liberal jarimalar Bremen va Baden-Vyurtembergda: agarda bir xonadonda yaşamaydigan ikkidan ortiq kişi (ular hatto bir oila a'zolari bölsa ham) köçada, dökonda, jamoat joylarida birga yursa, ularning har biriga yuz yevrodan ming yevrogaça jarima solinişi mumkin. Bavariyada arzirli sabablarsiz uyidan köçaga çiqqanlar uçun eng kam jarima miqdori 150 yevro. Töğri, bu yerda toza havoda sayr qiliş ham arzirli sabab hisoblanadi, ammo bir neça kişi bölib şaşlik pişiriş emas. Agarda xiyobonda kimgadir bir yarim metrdan yaqin masofada ötirsangiz ham şunça jarima tölaşingizga töğri keladi.

Şimoliy Reyn - Vestfaliya federal yerida (agarda bir oilada yaşamaydigan ikkidan ortiq kişi töplansa) jarima - 200 yevro. Agar bu birinçi marta bölsa. qoidabuzarlik ikkinçi marta takrorlansa, jarima ikki baravarga oşadi. Reynland-Pfalsda ham ana şunday qoida amal qiladi.

Koronavirusning xavfliligi taşvişlantirmayapti

Qayd etiş joiz, bu jazolar jismoniy şaxslar uçun. Qahvaxona, restoran, bar va sartaroşxonalar keskinroq jazolanadi. Agarda ular işlaydigan bölsa, ularning egalari özlari va har bir mijoz uçun ikki yarim mingdan beş ming yevrogaça tölaşiga töğri keladi.

Birgina Berlinda keyingi ikki haftada barlar, qahvaxonalar, çilimxonalar, bukmekerlik kontoralari tomonidan karantin rejimini buziş bilan boğliq 830ta holat qayd etildi. Ularning barçasi politsiya tomonidan yopildi.

Çilim çekiş qançaga tuşadi?

Germaniyada taniqli şaxslar orasida eng katta jarimani "Şalke" yarim himoyaçisi Amin Arit töladi. Uyda ötiraverişdan zada bölgan 22 yoşli futbolçi döstlari bilan çilim çekmoqçi böldi. Essen şahridagi çilimxona egasi tunda ular uçun çilimxonasini oçdi. Tungi soat ikkida çilimxonani politsiya bosdi.

Barça uçun, şuningdek, çilimxonani oçtirgani uçun jarimani Arit töladi. Xabar qilinişiça, u jami 70 ming yevroga yaqin jarima tölagan. Bundan taşqari, "Şalke" rahbariyati unga 30 ming yevro jarima töladi. Mablağ oğir ahvolga tuşib qolgan futbol muxlislariga yordam beriş uçun taşkil etilgan jamğarma hisobiga ötkazildi.

Eng ğaroyib hodisa esa Myulroz şahrida yaşovçi ayol bilan yuz berdi. Unda koronavirus aniqlangan va şu bois ikki haftalik uy karantinida ötirişi belgilangandi. Ayol taqiqqa qaramasdan keçasi maşinasida "şunçaki aylangani" çiqadi va avtohalokatga uçraydi. Politsiyaçilar voqea joyiga yetib kelganida u koronavirusga çalinganini aytadi. Politsiya xodimlari bayonnoma tuzişdan oldin maxsus himoya liboslari kiyişlariga töğri keladi. "Şunçaki aylangani" çiqqan ayol 25 ming yevrogaça jarima tölaşi mumkin.