Töxtamasdan yoğgan bahorning kuçli yomğiri Samarqand şahridagi köçalarda suv toşqini keltirib çiqargan, suv hattoki odamlarning turar joylariga ham zarar yetkazgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistonning ayrim hududlarida qor va böron kuzatilgani, şamol uylarning tomlarini uçirib ketgani aks etgan videolar ham tarqalmoqda.
Bugun Respublikamizning bir qator hudularida yoğayotgan yomğir qorga aylandi. Poytaxtimiz Toşkentda ham havo harorati keskin tuşib ketdi. 9 aprel kuni qor yoğişi kutilmoqda. Xöş, poytaxtimizda ham Samarqand va Qozoğistondagi holatlar ssenariysiga tayyormi?
Kun.uz muxbiri mutasaddilardan izoh oldi.
«Mart oyining katta qismi va aprel oyining boşida Özbekistonda issiq ob-havo kuzatildi va göyoki sovuqlar ortda qolganga öxşadi. Biroq sinoptiklar bahor kutilmagan syurprizlarni namoyon qiladigan injiq fasl, deb bejiz ogohlantirişmaydi.
Şu haftada bizni ana şunday ob-havo syuprizlari kutmoqda. 7 aprel kuni Volgaböyi hududlari orqali Rossiyaning Yevropa hududi ustida şakllangan nam va sovuq havo oqimlari Özbekiston hududiga kirib keldi. Respublikamiz hududi böylab vaqti-vaqti bilan yomğir yoğmoqda. 8 aprel kuni ayrim joylarda kuçli yomğir yoğib, qorga aylandi. Ba’zi joylarda yomğir 9 aprel kuni ertalab qorga aylanişi mumkin. Şamolning tezligi kuçayib, sekundiga 15–20 metrgaça, ba’zi joylarda 23–28 metrgaça yetişi mumkin.
8–9 aprel kunlari respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel kelişi xavfi bor. 8 aprel kuni harorat pasayib +10 darajadan +5 darajaga tuşdi. 9–10 aprel kunlari keçasi 0...+5 daraja iliq, ayrim joylarda –1 daraja sovuq böladi.
Har doim bahorda kuzatilganidek bunday sovuq davr uzoq davom etmaydi. 9 aprel kunduzi yoğingarçilik töxtaydi. 10 aprelda esa butun respublika hududida ob-havo yoğingarçiliksiz böladi va kunduzgi harorat kötarila boşlaydi.
11 aprelda harorat +17...+22 darajagaça kötariladi. Bundan keyin ham yana yoğingarçilikli davrlar böladi, lekin ularda harorat foni bunday past bölmaydi», — dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Özgidrometeorologiya» markazi axborot xizmati xodimi Malika Mirjamolova.
Markazning maxsus ogohlantiriş xatiga asosan Toşkent şahrida 7–9 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomğir, 8 aprel kuni kuçli yoğingarçilik bölişi, şamolning tezligi 23–28 metrgaça yetişi, ob-havo sovib ketişini inobatga olib, yuzaga kelişi mumkin bölgan köngilsiz holatlarning oldini oliş maqsadida tezkor çoralar körilgan.
Şahardagi barça tuman hokimliklari va kommunal xizmat körsatiş korxonalariga vaziyat böyiça tezkor xabarnoma yuborilgan bölib, unda kommunal soha xizmatlarining avariya-tiklaş bölinmalari navbatçiligini kuçaytiriş, maxsus texnika va asbob-anjomlarni şay holatga keltiriş, yonilği-moylaş mahsulotlari va ehtiyot qismlar zaxirasini yaratiş söralgan.
Bundan taşqari, Toşkent şahri hududidagi kanallar, kollektorlar, hovlilar va köp qavatli uylar atrofidagi irrigatsiya ariqlari hamda trubomostlar, şohbekat va çorrahalar, piyodalar yer osti yöllari atrofidagi ariqlar tozaligi, yomğir suvlarini tösib qoluvçi çiqindilardan xoli ekani yana bir marta közdan keçirildi, yiğilib qolgan çiqindilar tozalanib, irrigatsiya tarmoqlarining suv ötkazişi yaxşilandi.
Kuçli şamol natijasida tumanlar hududida avtomobil yöllari atrofida örnatilgan reklama bannerlarining holati özgarişi bilan boğliq vaziyat yuzaga kelganda zudlik bilan ularni ta’mirlaş va tiklaş, şu bilan birga, köp qavatli uylar, bino va inşootlarning qurilişi davom etayotgan joylarida yuqori qavatlarga örnatilgan quriliş moslamalari, kötarma kranlar va ulardan foydalanadigan quruvçilarning xavfsizligini ta’minlaş çoralari körildi.
Şuningdek, avtomobil serqatnov yöllari va köp qavatli uylar atrofidagi daraxtlar va daraxt şoxlarining sinib ketişi oqibatida yuzaga kelişi mumkin bölgan holatlarning oldini oliş böyiça mas’ullarga topşiriqlar berildi.
Kuçli şamol natijasida sodir bölgan hodisalar böyiça Toşkent şahar hokimligining 1055 qisqa raqamli telefoni orqali ma’lumot berilişini söraymiz.
Samarqand şahri hamda Qozoğistonning ayrim hududlarida röy bergan köngilsiz holatlar poytaxtimizda ham kuzatilmasligi uçun qölimizdan kelgan barça çoralarni körmoqdamiz», — dedi Toşkent şahar hokimining axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Furqat Mahmudxöjayev.
«Ob-havoning keskin özgarişi natijasida yuzaga kelişi kutilayotgan holatlar — haroratning keskin pasayib ketişi, kuçli şamol kuzatilişini inobatga olib, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi tomonidan hududiy uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmalariga tegişli topşiriqlar yuborilgan.
Vazirlik tasarrufidagi taşkilotlarning mutaxassislari yuzaga kelişi mumkin bölgan holatlarning oldini oliş, oqibatlarini bartaraf etiş uçun vakolatlari doirasida faoliyat olib borişadi.
Yomğir mavsumida yöllarni suv bosmasligi uçun tegişli irrigatsiya va drenaj tizimi bölişi kerak. Bu masala vazirlik faoliyatiga ketmasa ham joylardagi mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda işlar taşkil etilmoqda», — dedi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirining matbuot kotibi Alipaşa Ahmedov.
«Ob-havo injiqliklari tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, oqibatlarini bartaraf etiş böyiça şaxsiy tarkibning tayyorgarligi kuçaytirilgan.
Bu borada mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda işlayapmiz. Şahar va tuman hokimliklari 7–9 aprel kunlari hududdagi holatlar yuzasidan har 3 soatda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boşqarmalariga axborot berib turişibdi.
Fuqarolarimiz kuçli şamol natijasida sodir bölgan hodisalar böyiça 1050 qisqa raqamli telefoni orqali qutqaruv xizmatiga murojaat qilişlari mumkin. Mutaxassislarimiz zudlik bilan hodisa röy bergan joyga yetib borib yordam körsatişadi», — dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov.
Jamşid Niyozov












