Tahririyatga Samarqand şahridagi «Istiqbol» mahallasi fuqarolari murojaat qilişdi. Ular uylarini suv bosgani, mahalliy hokimiyatdan yordam kutayotganlarini aytişdi. Suv odamlar uyining içigaça kirib borgan.

Bu mahalla pastlikda joylaşgani uçun yomğir yoqqanda suv bosişi odatiy holga aylangan. Mahallaning ijtimoiy muammolari haqida 2019 yil 29 noyabr kuni Kun.uz`da «Istiqboli körinmayotgan istiqbolliklar» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Unda yomğir vaqti bu mahallani suv bosişi haqida ham söz boradi.

2012 yilda ham xuddi şu kabi suv bosgan vaqtda odamlarni köçiriş masalasi kötarilgan va kadastr xodimlari uylarni ölçab çiqib, ular buzilişi va örniga uy berilişi mumkinligi aytilgan. Ammo mutasaddilar keyinçalik jim bölib ketişgan.

Uyining içigaça suv bosgan odamlar karantin vaqtida kayerga borişini bilmayapti. Ular mahalliy hokimiyat yordam berişidan umidvor.

Mahallaning ijtimoiy muammolari haqida oldingi çiqişimiz hokimiyat tomonidan javobsiz qoldirilgandi. Bu gal esa ahvol jiddiy. Şundoq ham qiyin pallada bu qöşimça muammo... Xullas, «Istiqbol»liklarga yordam zarur.

Ötkir Jalolxonov