«Bu böyiça Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan maxsus topşiriq xat çiqarildi. Unga muvofiq, qon yiğiş köçma punktlari taşkil qilinmoqda. Işni bu holda taşkil qilinganida donatsiya va qon olişga qöyilgan barça talablarga rioya etiş kerak», deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U AOKAda ötkazilgan brifingda karantindagi odamlar örtasidagi masofalaniş qanday ta'minlanayotgani haqidagi fikrlarini ham bildirdi.

«Hozirda respublikada karantindagi şaxslarning jami soni 86 ming kişini taşkil qilmoqda. Ulardan 23 ming nafardan ortiği statsionar şaroitidagi karantinda. Tabiiyki, karantinda böliş vaqtida [virusni] yuqtirib oliş xavfi mavjud. Buni heç kim istisno qilmaydi. Karantinga bir vaqtning özida köp odam joylaştirilyapti va ularning orasida koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlarni qidiriş işlari olib borilyapti. Bu aynan şunday bölişi kerak», dedi Otabekov.

U koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlarga tibbiy yordam körsatiş şaroitida soğlom odam – tibbiyot xodimi bemor bilan muloqot qiladi. Agar bemor virusni statsionarda kimgadir yuqtirsa, bu holat uçun prezident qaroriga muvofiq, imtiyozlar belgilanganini aytib ötdi.

«Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutiga bemorlar kelgan ilk kunlarda tibbiy personal bu infeksiya bilan taniş emasdi va tibbiy xodimlarining virusni yuqtiriş holatlari qayd etildi. Ularning hammasi davolandi va davolanmoqda, uşbu kontingent orasida ahvolning oğirlaşişi holatlari yöq. Sönggi kunlarda tibbiyot xodimlari orasida bunday holatlar yuz bermayapti. Tibbiyot xodimlari virusni yuqtirişining oldini oliş böyiça barça ehtiyotkorlik çoralarni bilamiz», dedi Boş sanitariya inspektori.