AQŞda çorşanba kuni ham, qatorasiga ikkinçi kuni qariyb 2 ming kişi koronavirusdan zararlaniş oqibatida vafot etdi. Amerika hukumati virusdan zararlanişning eng yuqori nuqtasidan ötilişi yaqin ekaniga umid qilmoqda, prezident Donald Tramp esa «tunnel oxirida yoruğlik körinayotgani»ni aytib ötgan.

Bu vaqtda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreisus barça mamlakatlarni vaziyatni siyosiylaştirmasdan, virusga qarşi birgalikda kuraşişga çaqirmoqda.

Avvalroq Tramp JSSTni koronavirus pandemiyasi haqida e'lon qilişni juda keçiktirişda va asosiy e'tiborni Xitoydagi vaziyatga qaratişda ayblab çiqqandi.

Britaniyada bir kunda qariyb 900 qurbon

Ayni vaqtda koronavirusdan zararlaniş tufayli şifoxonaga yotqizilgan boş vazir Boris Jonson örniga vaqtinça hukumatni boşqarayotgan Taşqi işlar vaziri  Dominik Raab mamlakatda virus pandemiyasi bilan boğliq sönggi ma'lumotlarni e'lon qildi.

EPA

Unga köra, Buyuk Britaniyada Covid-19 yana 881 kişini hayotdan olib ketdi va mamlakatda koronavirusning jami qurbonlari soni 7 978 nafarga yetdi. Virusdan zararlaniş holatlari 60 mingdan oşgan. 

Payşanba kungi ölimlar soni çorşanba kungidan kamroq - ötgan kuni 938 kişi koronavirus qurboniga aylangandi.

Raabning sözlariga köra, qurbonlar soni bundan keyin ham ösişda davom etişi mumkin, ammo 23 mart kuni hukumat tomonidan joriy etilgan karantin çoralari vaziyatga ijobiy ta'sir körsatmoqda. Uning aytişiça, bu çoralar Britaniya virus avj olişi çöqqisidan ötmagunça saqlab qolinişini ma'lum qilgan. Vazir hozirça çöqqidan ötilmagani, lekin umidlar paydo bölgani, çunki şifoxonalarda sun'iy nafas oliş apparatiga ehtiyoj sezayotgan bemorlar sonida yuqori tempda ösiş kuzatilmayotganini qayd etib ötgan.

Raab matbuot anjumanini boş vazir Boris Jonsonning ahvoli haqida ma'lumot beriş bilan boşlagan. «U hamon intensiv terapiya bölimida qolmoqda, ammo uning ahvoli yaxşilangan, kayfiyati ham yaxşi», degan Dominik Raab.

Moliya vaziri Rişi Sunak ham Jonson «töşakda ötirgan holda tibbiy xodimlar bilan muloqot qilayotgani» töğrisida aytib ötgandi.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Jonson intensiv terapiya bölimidan oddiy palataga ötkazilgan.

Keyingi hafta boşida hukumatning navbatdan taşqari yiğilişida 23 mart kuni joriy etilgan karantin çoralari qayta körib çiqilişi kutilmoqda.

Ayni vaqtda bu çoralar yumşatilişi yoki kuçaytirilişi haqida aniq gap yöq. Hukumat fuqarolarni Pasxa ta'tili vaqtida tavsiyalarga qat'iy amal qilişga çaqirmoqda, dam oliş kunlarida mamlakatda havo 25 darajagaça isişi kutilmoqda, bunday havoda esa britaniyaliklar köçaga intilişi kuçayişi mumkin.

Britaniya politsiya yaqin ikki hafta davomida köçalar va xiyobonlarda karantin tartiblariga amal qilinişi ustidan qat'iy nazorat örnatilişi haqida ogohlantirgan.

Bu vaqtda Uelsda karantin muddati uzaytirildi, Şotlandiyaning birinçi vaziri Nikola Sterjyen esa özini ihotalaş rejimi yana bir neça hafta davomida saqlanib turişini ma'lum qildi.

Kembrij gersogi, şahzoda Uilyam va gersoginya Keyt Middlton Lankaşirdagi Casterton Primary Academy maktabiga videoqönğiroq amalga oşirişdi va ota-onalari ayni vaqtda muhim sohalarda - Milliy soğliqni saqlaş xizmati, supermarketlar va transport agentliklarida xizmat qilayotgan bolalar bilan muloqot qildi. Ayni vaqtda mamlakatdagi barça öquv muassasalari yopilgan, maktabga faqat muhim sohalarda işlayotganlarning farzandlari kelişi mumkin.

Ruminiya: tuğruqxonada infeksiya
Ruminiya hukumati mamlakat ğarbidagi Timişoara şahrida yangi tuğilgan 10 nafar çaqaloqda koronavirus aniqlangaç jinoiy iş oçdi. Taxmin qilinişiça, çaqaloqlar tuğruqxona xodimlaridan zararlangan - çunki ularning onalarida Covid-19 bölmagan.

Ruminiyadagi naşrlarda yozilişiça, avvalroq şifoxonaning bir neça xodimida koronavirus aniqlangandi. Tergovçilar virus aniqlangan xodimlar karantinga olingani va ular bilan aloqada bölgan hamkasblari aniqlangani böyiça tekşiruv ötkazmoqda.

Ruminiya soğliqni saqlaş vaziri Nelu Tetaruning sözlariga köra, çaqaloqlarning deyarli barçasi ayni vaqtda uyiga yuborilgan.

Tibbiy xodimlar ommaviy ravişda zararlanişi - Ruminiyadagi jiddiy muammo. Çorşanba kuni mamlakatdagi yana bir şifoxona undagi xodimlarning aksar qismi virusdan zararlangani tufayli karantinga yopilgandi.

Sönggi kunda mamlakatda virusdan zararlaniş bilan boğliq yana 441ta holat aniqlandi va jami zararlanganlar soni 5202 nafarga yetdi. Epidemiya boşlanganidan buyon 246 kişi vafot etgan - sönggi 24 soat içida 26 ölim.

Dunyoning boşqa mamlakatlaridagi ahvol
Ispaniyada payşanba kuni vafot etganlar soni çorşanba kungidan kamroq böldi - 747ga 446. Öz navbatida 8 aprel kuni 6278ta zararlaniş holati qayd etilgan bölsa, 9 aprel kuni 4226 kişida virus aniqlandi. Ayni vaqtga kelib Ispaniyada qurbonlar soni 15 mingdan oşgan, zararlaniş holatlari 152 mingdan oşiq.

Foto: Getty Images

Mamlakat boş vaziri Pedro Sançes eng yomon davr ortda qolayotgani haqida gapirgan. U mamlakatdagi barça siyosiy kuçlarni iqtisodiyot tiklanişi uçun birlaşişga çaqirgan va 1970-yillarda diktator Frankoning ölimidan keyingi umumxalq birdamligini namuna qilib keltirgan.

Fransiyada sönggi bir kunda Covid-19’dan ölimlar soni böyiça rekord qayd etildi - 1341 qurbon. Ayni vaqtga kelib mamlakatda koronavirusdan vafot etganlarning jami soni 12 mingdan oşib ketgan, zararlaniş holatlari 117 mingdan oşiq. Hukumat karantin çoralarini yanada kuçaytirmoqda, köçaga çiqişga faqat ma'lum soatlarda ruxsat berilgan - ertalabki soat 10gaça va 19:00dan keyin.

Italiya aprel oyi oxiriga borib karantin çoralarini susaytirişi mumkin. Mamlakat boş vaziri Juzeppe Konti agar zararlaniş holatlari kamayişda davom etsa, çoralar yumşatilişi mumkinligini istisno etmagan.

U şuningdek, Yevropa ittifoqi pandemiya şaroitida mutlaqo befoyda taşkilot ekanini, Bryussel koronavirusdan jiddiy zarar körgan davlatlar, xususan Italiyaning yordam sörab yöllagan çaqiriqlariga e'tiborsizlik bilan qaraganini qayd etib ötgan.

Mamlakatda 9 aprel kuni koronavirusdan ölim holatlari 610taga, zararlaniş holatlari 4204taga oşdi. Italiya yangi virus qurbonlari soni böyiça yetakçi davlat bölib qolmoqda - 18 279, jami zararlaniş holatlari soni 143 mingdan oşgan.

Serbiya hukumati mamlakat aholisiga şu haftaning dam oliş kunlarida uydan çiqişni taqiqlagan. Komendantlik soati juma kuni soat 17:00dan duşanba kuni soat 05:00ga qadar davom etadi. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç özining katta öğli Danilo koronavirus infeksiyasidan zararlangani va ayni vaqtda şifoxonada ekanini ma'lum qilgan.

Niderlandiyadan yaxşi xabar keldi, Covid-19ga çalingan 107 yoşli ayol soğaydi.

Korneliya Rasda 17 mart kuni, 107 yoşga tölganining keyingi kunida virus aniqlangandi. Xabarlarga köra, u çerkovdagi ibodatda zararlangan, öşa marosimda qatnaşgan 40 kişida virus aniqlangan, ularning 12 nafari vafot etgan.

Korneliya Ras dunyoda koronavirusdan tuzalgan eng yoşi katta kişi böldi.

Rossiyada payşanba kuni epidemiya boşlanganidan beri eng köp bemor qayd etildi - 1 459, hozirça mamlakatda virusdan zararlaniş holatlari - 10 131ta. 76 kişi vafot etgan.

Germaniyada qatorasiga uçinçi kun kasallaniş holatlari soni ösmoqda, bundan avval tört kun davomida bemorlar soni ösişi tempi pasayib kelgandi. Payşanba kuni mamlakatda yana 4 974 bemor aniqlangan va jami holatlar soni 115 523taga yetgan. 9 aprel kuni yana 102 kişi vafot etdi va jami qurbonlar soni 2451 nafarga yetdi.

Foto: Reuters

Xitoyda karantin çoralari yumşatilişi davom etmoqda, ammo Rossiya bilan çegaradagi Suyfinxe şahrida kasallaniş soni oşa boşlagani tufayli yangi karantin çoralari joriy etildi. Bu yerda Covid-19 bemorlari uçun maxsus 600 örinli yangi şifoxona qurilmoqda.

Bugun XXR hukumati saytida «noma'lum sababga köra pnevmoniya» tarqalayotgani haqida xabar berilganiga 100 kun böldi.

Ötgan vaqt davomida yangi virus odamlar köp töplangan şaroitda osonlik bilan tarqalişi ma'lum böldi.

Payşanba kuni Britaniyaning Guardian naşri pandemiyadan eng köp jabr körayotgan mamlakatlarda bir xil tendensiya kuzatilayotgani haqida yozdi: zararlanganlarning köpçiligi qaysidir madaniy, diniy yoki sport tadbirida - odamlar köp vaqt davomida bir-biriga yaqin masofada turadigan yiğilişlarda qatnaşganida zararlangan. Bunday tadbirlarda odamlar qöl berib körişişi, öpişib söraşişi yoki bir-birlari bilan içimliklar almaşişi mumkin - bu esa zararlanişlar soni keskin oşişiga olib kelgan.

Şu tufayli Yevropa davlatlari bahorgi bayramlar, xususan Pasxa arafasida huşyorlikni oşirgan.