The Guardian`ning yozişiça, Guterriş BMT Xavfsizlik kengaşini pandemiya ijtimoiy tartibsizliklar va zöravonlikni kuçaytirişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Uning fikriça, ijtimoiy tartibsizlik va zöravonliklarning kuçayişi öz navbatida dunyo hamjamiyatining kasallikka qarşi kuraşiş qobiliyatini ham pasaytiriş mumkin.
«Bu – Birlaşgan Millatlar Taşkiloti taşkil etilganidan buyon ötgan 75 yillik davrdagi eng jiddiy sinov. Allaqaçon xalqaro, mintaqaviy va milliy nizolarni hal etişda tösqinlik qilmoqda», – degan Guterriş.
BMT rahbari pandemiyani xalqaro tinçlik va xavfsizlik uçun jiddiy tahdid deb hisoblamoqda.
Uning sözlariga köra, pandemiya – favqulodda terror xurujlari, jamoat institutlariga işonçning yöqolişi, iqtisodiy beqarorlik, saylov va referendumlarning keçiktirilişi oqibatida kelib çiqadigan siyosiy tanglikka ham sabab bölişi ehtimol. Natijada inson huquqlari sohasida ham muammolar kelib çiqişi mumkin.
Boş kotib öz bayonotida Xitoy va Tayvan örtasidagi nizolarning çuqurlaşişiga e'tibor qaratgan. Bundan sal oldinroq Xitoy rasmiylari Tayvanni «virusdan mustaqillik uçun foydalaniş»da ayblagan edi.













