Ğarb davlatlari hali virus oqibatlari bilan kuraşayotgan bir paytda, Uhanning oçilişi – prezident Si Tszinpinning erta ğalaba qiliş rejasidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Uhandagi 11 million aholining köpçiligi uçun şaharning oçilişi – bu şahar uçun jiddiy iqtisodiy stressni bartaraf etiş harakatlari boşlanişini anglatadi. Şuningdek, aholi virusning ikkinçi tölqini boşlanişidan xavotirda, deb yozmoqda Financial Times naşri.
«Hali xotirjam bölişga asos yöq...»
Şuning uçun garçi köçalarda harakat boşlangan bölsa-da, köplab bizneslar hali oçilmagan. Köplab yaşaş manzillaridagi tösiqlar hanuz olib taşlanmagan, bu ham erkin harakat çeklanişiga sabab bölmoqda.
Bundan taşqari, qançalab odamlar Uhanni tark etiş uçun ruxsatnoma olişni kutişmoqda, lekin ular boradigan manzillarida ham karantinga olinişadi. Mahalliy aholi esa juda köp odamning köçalarda yurişi kutilmagan tarzda yana virus tarqalib ketişiga sabab bölişi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
«Hali xotirjam bölişga asos yöq. Kasallik hukumat butun xalqning tibbiy resurslarini Uhanga yönaltirgani uçungina jilovlandi. Biroq biz koronavirusning ikkinçi tölqiniga doş berolmaymiz», – deydi inqiroz davrida Uhanda bölgan akademik Lyusi Çjan.
Uhan mamlakatdan 23 yanvar kuni ajratilgan edi. Sal keyinroq esa Hubey provinsiyasining şaharlari ham yopib qöyildi. Umumiy hisobda, karantin davomida 60 million odam «asirlikda» saqlangandi.
Garçi Hubey provinsiyasi 25 martda oçilgan bölsa-da, Uhan erkin harakat uçun kuni 7 aprelgaça yopiq edi.
AQŞ, Italiya va Ispaniyada koronavirusni jilovlaş borasida jiddiy kuraş ketayotgan bir paytda, Uhandagi vaziyat Xitoy OAV tomonidan mamlakatning muvaffaqiyati sifatida talqin qilinmoqda.
Şahar oçilgan kun tongida köçalar maşinalar signallariga tölib ketdi. Şahar tevaragida ham odamlarning tana harorati ölçaş töxtatilgandan söng transport qatnovi 10 barobarga köpaygan.
Haqiqiy ğalabaga hali bor...
Uhanda odamlar şahar oçilganidan xursand, lekin haqiqiy ğalabaga hali ança bor.
Uhanning markaziy qismi – Honkou koronavirus tarqagan eng birinçi manzil sifatida nom qozongan va hanuz bu yerda istiqomat qiluvçilar qattiq nazorat ostida. Şu yerda joylaşgan qator köpqavatli uylar odamlarning kiriş-çiqişiga yöl bermaydigan vaqtinçalik baland devorlar bilan öralgan.
Çunki mahalliy hukumat nazoratning bekor qilinişi bilan koronavirus simptomlari kuzatilmaydigan taşuvçilar kasallik tarqatişi ehtimolidan xavotirda. Şuning uçun ham hozir Uhanda biror jamoa orasida kimdadir koronavirus alomatlari seziladigan bölsa, öşa jamoani tark etiş mumkin emas.
Kasallik yuqtirib oliş ehtimoli köpçilikni haliyam uyda ötirişga majbur qilmoqda. Köçaga çiqayotganlar ham öta ehtiyotkorlik bilan harakatlanişayotgani haqida aytişmoqda.
«Men hanuz savdo markazlariga bora olmayapman. Çunki u yerlarda kasallikni özi bilmagan holda yuqtirayotganlar bölişi ehtimoli yöq emas.
Tasavvur qiling: siz oğir kasallikdan tuzaldingiz va birdaniga köp yeb-içolmaysiz. Normal hayotga qaytiş uçun balansni uşlaş kerak. Mana şu Uhan boşidan keçirişi kerak bölgan tajriba», – deydi Uhanda savdo sohasida işlovçi Jyek Mao.
Hukumatdan norozilar ham yöq emas
Virusning tösatdan paydo bölişi va uning birdaniga boşqa provinsiyalarga tarqab ketişi ön minglab odamlarni uylariga qamab qöydi. Köpçilik bu tutqunlikka özlarini örgatiş uçun ham qiynalişdi. Ayni paytda esa hammasi iziga qaytişi uçun harakat qilinmoqda.
Şuningdek, hukumatdan norozilar ham yetarliça. Masalan, 39 yoşli savdo boşqaruvçisi Li Xiujuan hukumatning iqtisodiy inqirozga sekin reaksiya qilgani unga qimmatga tuşayotganini aytmoqda.
«Men 2 oylik daromadimni yöqotdim va oilam bilan ham birga böla olmadim. Hukumat esa menga hatto konpensatsiya sifatida uyga ketiş biletimni ham olib bermadi», – deydi Uhandan Çangşaga öz hududiga ketayotgan Li Xiujuan.
Hozir Xitoyning ba'zi şaharlariga, masalan Xangjou va Guanjouga qaytiş uçun Uhandan kelayotgan odam avval koronavirus uçun test topşirişi kerak. Bu ança vaqt talab qiladi, qolaversa bu kambağal oilalar uçun ança qimmatlik qiladi. Pekinga qaytişni umid qilganlar esa karantin zonalarida uşlab turilmoqda, bu esa, ayrimlarning fikriça, şunçaki Uhanda qolişdan ham yomonroq variant.
Pekinda joylaşgan elektron tijorat kompaniyasi dasturçisi Nikki Xu ham yanvarda ota-onasini köriş uçun kelganidan beri Uhanda qolib ketgan. U Pekinga qaytmoqçi bölgan, biroq poytaxt ma'muriyati agar u şaharga keladigan bölsa, maxsus taşkil qilingan karantinda yana 14 kun bölişi lozimligini bildirgan.
«Biroq men Pekinga borib yana karantinga olinişdan uyda, Uhanda bölişni afzalroq bilaman», – deydi Nikki Xu xonim.













