Karantinga qay tartibda oliş böyiça huquqiy asos bormi?

Albatta bor. “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida”gi Qonunga muvofiq, Özbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi sanitariya-karantin nazoratini amalga oşiriş va çeklovçi tadbirlar ya'ni karantin joriy etiş yöli bilan ta'minlanadi.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 

176-son qarori bilan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarşi çora-tadbirlarni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda davlat organlari va boşqa taşkilotlarining harakatlaniş tartibi, koronavirusga gumon qilingan bemor uyda va tibbiyot muassasasida aniqlanganda harakatlaniş tartibi hamda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan şaxslar uçun karantin belgilaş tartiblari aniq belgilab berilgan.

Nizomga köra, koronavirus infeksiyasi aniqlangan şaxslar bilan yaqin muloqotda bölgan şaxslar provizor gospital (koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan şaxslarni saqlaş 

va davolaş uçun yuqumli kasalliklar şifoxonasi yoki boşqa tibbiyot muassasasi bazasida taşkil etilgan davolaş muassasasi) yoki izolyatorga (yuqumli kasalliklar şifoxonasi yoki boşqa alohida ajratilgan binolarning maxsus jihozlangan xonasi) joylaştiriladi.

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan şaxslar bilan muloqotda bölgan şaxslar esa uy karantinida saqlanadilar.

Fuqarolik işlari böyiça sudlarga onlayn ya'ni elektron murojaat qilsa böladimi? Agar mumkin bölsa, buni qanday qiliş kerak?

"E-XSUD" tizimi orqali murojaat qiliş mumkin.

Mazkur tizim respublika sudlariga murojaatlarni "E-XSUD" axborot tizimi orqali taqdim etiş, mazkur murojaatlar yuzasidan olib borilgan protsessual harakatlar va ularning natijalari yuzasidan xabardor qiliş imkonini beradi

Har bir viloyat tumanlarda koronavirus böyiça ştab taşkil qilingan. Ştab a'zolari qöllab quvvatlanib moddiy rağbatlantiriş berilib turiladimi?

Prezidentning 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–5969-son Farmonida tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boşqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoşiga 6 foiz miqdorida har kunlik qöşimça tölovlar joriy qiliş belgilangan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ–4652-son qarorida, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirişadigan, zararlangan bemorlar joylaştirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlaş laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uçun: 

vraç xodimlarga, vraç-laborantlarga — 25 million söm;

örta tibbiyot xodimlariga, hamşira-laborantlarga — 15 million söm;

kiçik tibbiyot xodimlariga — 10 million söm;

boşqa xodimlarga — 5 million söm miqdorda maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovi belgilangan.

Bundan taşqari, koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş doirasida bemorlar bilan işlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga 100 mln söm, koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş doirasida bemorlar bilan işlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtiriş natijasida oğir ahvolga tuşgan va soğliği tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boşqa xodimlarga yoki ularning oila a'zolariga 250 mln söm bir martalik tölov tölanişi belgilangan.