«Özgidromet» xabariga köra, respublika hududining katta qismida yomğir, ayrim joylarga kuçli yomğir yoğadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomğir faqat ertalab yoğib ötdi, Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida ob-havo yoğingarçiliksiz böladi.

Ertaga ham mamlakat hududida ayrim joylarga yomğir yoğadi, toğoldi va toğli hududlarda kuçli yomğir yoğişi mumkin. Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.

15 aprelda Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir yoğadi, Samarqand, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga kuçsiz yomğir yoğişi mumkin.

Respublika böylab ba'zi joylarda şu kunlarda şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin, kunduzgi harorat 13-18 daraja iliq atrofida böladi.

13-14 aprelda respublikaning toğoldi tumanlarida sel kelişi xavfi bor.

Haftaning ikkinçi yarmida nam havo oqimi respublika hududini butunlay tark etadi. Mamlakatda ob-havo yoğingarçiliksiz böladi. Havo harorati kötarila boşlaydi va kunduzi 19-24 darajagaça yetadi, bu aprel oyi örtasi uçun xos bölgan haroratdir.