Yomğir va qor körinişidagi kuçli yoğingarçiliklar bilan ötgan bir neça sovuq kunlardan keyin dam oliş kunlari Özbekiston hududi böylab quruq va iliq ob-havo ustunlik qiladi, deya xabar berdi Özgidromet.
Havo harorati keçasi 0…+5 daraja iliqni taşkil etadi, kunduzi esa asta-sekin kötarilib, +10…+15 darajagaça yetadi.
Ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 13-noyabr kuni janubda baʼzi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.
Toşkent şahrida şanba va yakşanba kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Havo harorati keçasi +2…+4, kunduzi esa +13…+15 daraja iliq atrofida böladi












