«2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgaça bölgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi 50 foizga pasaytirildi. Ya'ni fuqaro oyiga 223 ming söm örniga 111,5 ming söm tölaydi. Lekin faoliyat yuritayotgan YaTTlar qat'iy belgilangan soliqni töliq miqdorda tölab borişi lozim.
Bunda, Özbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi ÖRQ-589-son Qonuniga asosan, Xalq deputatlari tumanlar va şaharlar Kengaşlariga qat'iy belgilangan soliq miqdorlarini 30 foizgaça pasaytiriş huquqi berildi. Buning uçun, hududiy hokimliklarda taşkil etilgan işçi guruhiga murojaat qiliş kerak.
Agar, YaTT karantin munosabati bilan faoliyatini töxtişga majbur bölgan bölsa, bu haqida soliq organini elektron xabarnoma yuborgan holda xabardor etişi va soliq tölovlarini töxtatiş huquqidan foydalaniş mumkin. Bunda röyxatdan ötkazuvçi organga murojaat qilib, guvohnomasini topşirişi talab qilinmaydi», deya qömita rasmiysi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.









