Sönggi ma'lumotlarga köra, AQŞda Covid-19 oqibatida vafot etganlarning jami soni 21,4 mingdan oşdi, jami zararlaniş holatlari 535 mingdan ortiqni taşkil etmoqda. Bir kun oldin AQŞ bir kunda ikki mingdan ortiq bemor vafot etgan dunyodagi ilk davlat bölgandi.
12 aprel holatiga köra, butun dunyoda Covid-19’dan zararlaniş bilan boğliq jami holatlar soni 1,8 milliondan oşgan, 112 mingga yaqin kişi vafot etgan, 416 mingdan ortiq bemor soğaygan.
Nyu-York ştati gubernatori Endryu Kuomoning sözlariga köra ştatdagi ölim darajasi endilikda avvalgidek keskin sur'atlarda ösmayapti. Sönggi bir kunda Nyu-Yorkda koronavirus yana 783 kişi hayotiga zomin böldi, bu sönggi kunlardagi statistikadan köp farq qilmaydi.

«Bu ölimlar soni böyiça rekord körsatkiç emas. Körib turganingizdek, ölimlar soni barqarorlaşmoqda, ammo bu barqarorlik juda dahşatli raqamlarda ifodalanmoqda», degan Kuomo.
Şanba kuni keçqurun Amerikaning barça ştatlarida koronavirus pandemiyasi tufayli favqulodda holat e'lon qilindi. Şu haftada Nyu-Yorkda koronavirus qurbonlari juda köpligi tufayli marhumlar birodarlik qabristoniga dafn etilayotgani xabar qilingandi.
Pandemiya tufayli butun mamlakat böylab ijtimoiy munosabatlarda qat'iy çeklovlar örnatilgan, prezident Donald Tramp bunday çoralar kamida 30 aprelgaça amalda bölişini ma'lum qilgan. Köplab sanoat korxonalari işlamay qolişi va mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat oğirlaşişi tufayli bir neça hafta içida kamida 16 million amerikalik işini yöqotdi.
«Eng muhim qaror»
Juma kuni prezident Tramp keyingi haftada yangi kengaş tuzilişi, uning tarkibidan tibbiy xodimlari va biznes vakillari örin olişi haqida aytdi: bu organ unga bu çeklovlarni qaçon yumşatiş böyiça qaror qabul qilişda yordam berişi kerak. AQŞ prezidenti «bu hayotidagi eng muhim qaror bölişi» haqida aytib ötdi.

Bu vaqtda AQŞ kongressi jabrlangan kompaniyalarga yordam beriş çoralarini muhokama qilmoqda. Demokratlar kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş va şifoxonalar hamda mahalliy boşqaruv organlarini moliyalaştiriş uçun qöşimça 250 milliard dollar ajratişni taklif qilmoqda. Ammo şanba kuni taniqli respublikaçilar - Senatdagi respublikaçilar yetakçisi Mitç Makkonnell va Vakillar palatasidagi respublikaçilar yetakçisi Kevin Makkarti bu ğoyaga qarşi çiqişdi.
New York Times yakşanba kuni e'lon qilgan materialda aytilişiça, Amerika maxsus xizmatlari va tibbiyot ekspertlari Trampga yanvar oyi oxiridayoq koronavirus xavfi haqida hisobot bergan, ammo ularning ogohlantiruviga e'tibor qaratilmagan.
Ispaniya: plyajlar yopiqligiça qoladi
Yakşanba kuni holatiga köra, Ispaniyada koronavirusdan yana 619 kişi halok böldi, bu şanba kungi körsatkiçdan (510 ölim) köproqdir.
Şanba kungi ölim körsatkiçi mamlakatda sönggi uç haftadagi eng past körsatkiç bölgandi. Ammo Ispaniya hukumati ölim holatlari haqidagi ma'lumotlar dam oliş kunlaridagi ta'til tufayli ma'lumot yetkazilişi keçikişi bilan boğliq bölişi mumkinligini bildirgan.
Ispaniyada sönggi bir kunda yana 5 mingga yaqin kişi virusdan zararlangani aniqlandi, jami holatlar soni 166 mingdan oşdi, bu borada faqat AQŞ oldinda.
Ispaniya turizm işlari vaziri Reyyes Maroto 14 mart kuni joriy etilgan ijtimoiy masofalaniş çoralari qat'iy karantin yakunlanganidan keyin ham amalda bölişi haqida ma'lum qildi. Şundan kelib çiqqan holda plyajlar ham yopiqligiça qoladi, mamlakatga xorijliklar kirişiga taqiq ham bekor qilinmaydi.
El Pais naşriga bergan intervyusida Reyyes şunday degan: «Vaksina paydo bölmagunça, heç narsa avvalgiday bölmaydi. Xavfsiz masofani ta'minlaş uçun yiğilişlarni çeklaşga töğri keladi». U mamlakat çegaralari qaçon oçilişini ayta olmasligini, bu inqirozli holat qanday rivojlanişiga boğliqligini bildirgan.
Ispaniya - mamlakatda sayyohlar taşrifi böyiça Fransiyadan keyingi ikkinçi örinda turadi, turistik sektorning mamlakat iqtisodiyotidagi uluşi 12 foiz atrofida.
Bundan taşqari
Yevropada koronavirusdan vafot etganlar soni böyiça hamon Italiya yetakçilik qilmoqda - bu yerda 19,9 ming ölim holati qayd etilgan. Mamlakatda Covid-19’dan zararlaniş taşxisi 156,3 ming kişiga qöyilgan.
Fransiya (132,6 ming holat va 14,4 ming ölim) şanba kuni kunlik ölim holatlari soni pasaygani haqida ma'lum qildi, şanba kuni 635 ölim qayd etilgandi, yakşanba kuni qurbonlar soni 561 nafarga oşdi. «Biz juda yuqori platoga çiqdik, ammo bu epidemiya hamon faollikni saqlab qolmoqda», degan Fransiya soğliqni saqlaş boşqarmasi Jyerom Salomon.













