Karantin vaqtida davlat taşkilotlarida işxonada qorovullar yetarli bölişiga qaramay işçilar grafik asosida navbatçilikka qöyilişi mumkinmi? Bu holat qonunçilikka zid emasmi?
Bu savolga avvalambor nazarda tutilgan davlat taşkilotining faoliyat körsatayotgan tarmoği yoki sohasi, unda közda tutilgan iş rejimi, bugungi şaroitni inobatga olgan holda bu taşkilotning ijtimoiy ahamiyatidan kelib çiqib javob beriş örinli bölardi. Agar taşkilotning lokal hujjatlarida yoki xodimning mehnat şartnomasida körsatilmagan bölsa, Mehnat kodeksiga asosan iş beruvçi işçilarni grafik asosida navbatçilikka, ya'ni iş vaqtidan taşqari işga, dam oliş kunlari va bayram kunlari işga jalb etişga, şuningdek özining xizmat vazifasiga kirmaydigan işlarni bajarişga xodimlarning roziligisiz majbur qilsa, bu mehnat qonunçiligiga zid hisoblanadi va buning uçun javobgarlik belgilangan.
Xodim öz iş joyida işlab turgan vaqtida korxonada iş örinlari qisqartirilganligi sababli işdan böşatilişi mumkinmi? Yana xodim oilada yagona işlovçi ya'ni boquvçi hisoblansa hamda oilada ota 1 guruh nogironi sifatida röyxatda tursa. Bunday hollarda qonunçilikda qandaydir imtiyozlar körsatib ötilganmi?
Iş örinlarini qisqartiriş işlab çiqarişdagi özgarişlar, işlar hajmining qisqarişi munosabati yoki boşqa sabablar bilan röy berişi mumkin. Bu jarayonni amalga oşirişda Mehnat kodeksining 103-moddasida nazarda tutilgan malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bölgan xodimlardan birini işda qoldirişda afzallik beriladigan holatlar sifatida quyidagilar nazarda tutilişi mumkin: qaramoğida ikki yoki undan ortiq kişi bölgan xodimlarga; oilasida undan bölak mustaqil iş haqi oluvçi bölmagan şaxslarga; mazkur korxonada köp yillik iş stajiga ega bölgan xodimlarga va şu moddada belgilangan boşqa kategoriyalar xamda jamoa şartnomasida xodimlarni işda qoldirişda afzallik beriladigan boşqa holatlar nazarda tutilişi mumkin.
Turmuş ötoğim va men tadbirkor korxonasida oğzaki kelişuv asosida işlar edik. Karantin tufayli oilamiz daromad manbaisiz qoldi. Uç nafar voyaga yetmagan farzandimiz bor. Karantin munosabati bilan nafaqa olişim uçun kerakli hujjatlarni yiğib topşirişda muammo bölmoqda. Nafaqa tayinlanişi uçun qayerga murojaat qilişim mumkin?
Işlaş istagida bölsangiz bizning joylardagi Aholi bandligiga kömaklaşiş markazlariga murojaat qiling, bu yerda sizga doimiy yoki vaqtinçalik jamoat işlari taklif etiladi. Işga joylaştiriş iloji bölmaganda sizga işsizlik nafaqasi tayinlanadi.
Şu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori asosida tasdiqlangan "Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida"gi Nizomiga köra siz fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga murojaat qilişingiz mumkin xamda «Mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondiga (1197 qisqa nomerga) ham murojaat qilişingiz mumkin.













