13 aprel kuni «Özbekiston24» telekanalida çiqiş qilgan Usmonxon Alimov Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşining koronavirus infeksiyasining tarqalişi oldini oliş böyiça fatvosini öqib eşittirdi.

Unga köra, Özbekistonda istiqomat qilayotgan musulmonlarga yurtimizdagi epidemiologik vaziyat barqarorlaşmagunça quyidagi körsatmalarga qat'iy rioya qiliş tavsiya etildi:

1) Ramazon oyida mömin-musulmonlarimiz tarovih namozlarini, xatmi Qur'onlarni öz oila a'zolari bilan xonadonlarida ötkazsinlar;

2) Muborak Ramazon oyida mömin-musulmonlarimizning ruhini kötariş maqsadida Özbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan qorilarning xatmi Qur'onlari onlayn tarzda amalga oşirilişi yölga qöyilsin;

3) Iftorlik savobidan umidvor bölgan saxovatpeşa musulmonlarimiz iftorlik marosimlari uçun möljallagan mablağlarini «Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari» orqali moddiy kömakka muhtoj oilalarga yetkazsinlar.

4) Barça musulmonlarimiz qöni-qöşni va yaqin qarindoşlarni töplagan holda iftorlik uyuştirişlari karantin talablariga zid kelişi barobarida Alloh taoloning işboşilarga itoat qiliş haqidagi Niso surasi: «Ey, imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payğambarga va özlaringizdan (bölmiş) boşliqlarga itoat etingiz!...» 59-oyatiga xilof ekanini anglaşlari lozim;

5) Zakot mablağlarini hamda fitr va fidya sadaqalarini «Vaqf» xayriya jamoat Fondi va uning hududiy bölinmalari hisob raqamlariga yoki «Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş markazlari»ga topşirişlari tavsiya etiladi.

6) Ramazon oyi davomida barça telekanallar orqali efirga uzatilişi rejalaştirilgan körsatuvlar Media-rejasi asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toşkent şahar va viloyatlar boş imom-xatiblari hamda xalqimiz orasida obröli diniy ulamolarimizning uşbu bayonotda belgilangan vazifalarni xalqimizga yetkaziş maqsadida ommaviy axborot vositalarida çiqişlar taşkil qilinsin va keng yoritilsin;

7) Qoraqalpoğiston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toşkent şahar va viloyatlar boş imom-xatiblari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali, «Ramazon – rahmat va sabr oyi» mavzusidagi ma'ruzalarni muntazam onlayn tarzda berib borişni yölga qöysinlar;

8) Musulmonlarimiz xonadonlarida Alloh taolodan koronavirus balosini tez kunlarda bartaraf etişini sörab, ixlos bilan duo qilsinlar.