Özbekiston Moliya vaziri Timur Işmetov bugun, 15 aprel kuni ötkazilgan onlayn brifingda joriy inqirozning öziga xos jihatlari va uni yumşatiş böyiça körilayotgan çoralar haqida gapirib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Fuqarolarning ma'lum vaqt davomida izolyatsiyada yaşab turişi – koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşning eng töğri va samarali yöli hisoblanadi. Şuning natijasida barça davlatlarda iqtisodiy faollik susaygani qayd etilmoqda. Ayniqsa, xizmat körsatiş, xususiy sektorlarda bu yaqqolroq namoyon bölmoqda. Şu sababli dunyodagi barça mamlakatlarning hukumatlari, xususan, Özbekiston hukumati ham yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozning odamlar hayotiga ta'sirini kamaytiriş uçun qöldan kelgan barça çoralarni işga solmoqda.
Hozir butun dunyoda röy berayotgan, şu jumladan, Özbekistonda ham kuzatilayotgan global inqiroz boşqa inqirozlardan katta farq qiladi. Bu inqirozning eng katta yuki davlatlarning budjetiga tuşmoqda. Negaki iqtisodiy faollikning bu darajada pasayişida, dunyo böyiça aksariyat mahsulotlar, xususan, neft, gaz va boşqalarning narxlari keskin tuşib ketişi barça davlatlarning, jumladan, Özbekistonning budjetiga salbiy ta'sir körsatadi. Albatta, bu yerda ayrim tovarlar, masalan, oltin narxi oşganining biz uçun ijobiy tomoni ham bor.
Endi hozirgi şaroitda Moliya vazirligining asosiy vazifasi – avvalo, inqiroz davrida koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş tadbirlarini öz vaqtida moliyalaştirişdan iborat. Biz uçun oson tomoni prezidentimiz farmonlariga asosan aynan şu maqsadda alohida Inqirozga qarşi jamğarma tuzilgani budjetning joriy xarajatlari qaysidir ma'noda tartibga soliş imkonini bermoqda», dedi u.
Moliya vaziri vazirlik huzurida taşkil etilgan Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi mablağlari qaysi maqsadlarda sarflanayotgani haqida ham ma'lumot berdi. Uning aytişiça, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq va Zangiota tumanlaridagi qurilişlarni moliyalaştirişga jamğarmadan 400 mlrd söm ajratilgan.
«Ikkinçi asosiy vazifamiz – bu, albatta, mana şu Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasining xarajatlarini samarali amalga oşiriş. Qisqaça raqamlarga töxtaladigan bölsam, dori-darmon, virusni aniqlovçi testlar, himoya vositalari, asbob-uskunalarni sotib oliş uçun 127 mlrd söm ajratilgan.
2019 yilning oxirida va joriy yilning boşida koronavirusning tarqalişi global pandemiyaga aylanişini bilmagan bölsak-da, kasallik Xitoyda keng sur'atlarda tarqala boşlagani, uşbu mamlakat bilan biznes aloqalarimiz kuçli bölgani uçun infeksiya Özbekistonga ham Xitoy orqali kirib kelişi ehtimoli borligini inobatga olib, prezidentimizning topşiriğiga asosan maxsus hukumat komissiyasi tuzilgan edi.
Komissiya mamlakatimizga koronavirus infeksiyasi kirib kelişiga yöl qöymaslik uçun çoralarni körişi, mabodo kasallik kirib kelgan taqdirda, uning aholi örtasida tarqalişining oldini oliş böyiça tegişli tadbirlarni amalga oşirişi belgilangan va buning uçun 2020 yilning I çoragi davomida 100 mlrd söm xuddi şu maqsadda işlatilgan edi. Bu paytda hali Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi tuzilmagani uçun uşbu mablağ budjetdan ajratilgan.
Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida 20 ming örinli aholini vaqtinçalik karantinda saqlaş majmuasi qurilmoqda. Şu bilan birga, Zangiota tumanida 10 ming örinli maxsus şifoxona qurilmoqda. Mana şu qurilişlarni moliyalaştirişga jamğarmadan bugungi kun holatiga 400 mlrd söm miqdorida mablağ ajratilgan», deydi Timur Işmetov.
Avvalroq Moliya vazirligi Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi xarajatlarini oçiqlagan edi.













