Markaziy bank inflyatsiyaning pasayişda davom etişiga ham, taşqi omillar sabab narxlar oşiş xavfiga ham tayyor bölişi kerak, dedi regulyator rahbari Timur Işmetov Silk Road Finance & Technology Forum’da.
«Markaziy bank faoliyati xatarlar bilan boğliq. Ular hamişa mavjud. Balki, şu xatarlar bölmaganida Markaziy bankning özi ham kerak bölmas edi. Şuning uçun biz oddiy xatarlarni boşqarişdan doimiy şoklar va noaniqliklarga yaxşiroq tayyor turişga ötişimiz kerak. Barqarorlikka eʼtibor qaratişimiz zarur», - dedi Timur Işmetov.
MB raisi inflyatsiya pasayişiga ham, narxlar oşişiga ham tayyor turiş kerakligini taʼkidlab ötdi.
«Markaziy bank inflyatsiya pasayadimi yoki uning oşişiga olib keladigan xavflar yuzaga keladimi, tayyor bölişi kerak. Biz har ikki yönalişda ham qatʼiy çora körişga va har qanday holatda öz vazifamizni bajarişda davom etişimiz kerak», dedi u.
Işmetovning qöşimça qilişiça, hozirgi davr yuqori noaniqlik va taşqi taʼsirlar köpligi bilan ajralib turibdi. Bunday şaroitda Markaziy bank turli xavflarga tayyor turişi kerak. Jahon bozoridagi vaziyat vaqt ötişi bilan Özbekiston içki bozoridagi narxlarga ham öz taʼsirini körsatişi mumkin. Regulyator ikkilamçi taʼsirlar ehtimolini kuzatyapti.

















