Markaziy bank raisi Timur Işmetovning aytişiça, forum doirasida Özbekistonning Markaziy bank raqamli valyutasi böyiça maxsus konseptual hujjat eʼlon qilinadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri 24-avgust kuni Toşkentda boşlangan Silk Road Finance&Technology Forum-2026 xalqaro forumidan xabar bermoqda. 

Işmetovning sözlariga köra, hujjatda CBDCning Özbekistonda qöllanişi mumkin bölgan yönalişlari, uning dizayn variantlari, turli yeçimlarning afzallik va çeklovlari, şuningdek, moliya tizimi uçun yuzaga kelişi mumkin bölgan oqibatlar baholanadi.

“Forum doirasida biz CBDC böyiça konseptual hujjat eʼlon qilamiz. Unda foydalaniş mumkin bölgan holatlar, dizayn variantlari, asosiy muvozanatlar va moliya tizimi uçun oqibatlar baholanadi. Uning xulosalaridan tajriba-sinov bosqiçini boşlaş, optimal yondaşuvlarni sinab köriş hamda raqamli valyuta Özbekistonda innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotni qanday qöllab-quvvatlaşi mumkinligini baholaş uçun foydalanamiz”, - dedi Işmetov.

Şunday qilib, Markaziy bank hozirça raqamli valyutani muomalaga çiqariş haqida emas, avvalo uning imkoniyatlarini örganiş va tajriba orqali sinab köriş bosqiçiga ötişni rejalaştirmoqda.

Işmetovning taʼkidlaşiça, Özbekiston moliyaviy tizimni raqamlaştiriş va FinTech sohasini rivojlantiriş böyiça yangi bosqiçga ötmoqda.

“Biz özimizning birinçi milliy FinTech strategiyamizni işlab çiqdik va uning atrofidagi tartibga soliş doirasini mustahkamlamoqdamiz. Bizning tartibga soluvçi qumdonimiz innovatsion moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni, şu jumladan xalqaro hamkorlar tomonidan taklif etilgan yeçimlarni sinovdan ötkaziş uçun aniq va samaraliroq muhitni taʼminlaş maqsadida yanada takomillaştirilmoqda”, - dedi Markaziy bank raisi.

Uning qayd etişiça, Özbekistonda tölovlarning 57 foizi naqdsiz şaklda amalga oşirilmoqda va bu körsatkiç yil sayin oşib bormoqda.

“Moliyaviy inklyuzivlik bizning asosiy siyosatlarimizdan biri bölib qolmoqda. Tölovlarimizning 57 foizi naqdsiz bölib, bu körsatkiç har yili ösib bormoqda. Iqtisodiyotning yarmidan köpi kiçik va örta biznes hisoblanadi. Şu sababli moliyalaştirişga kirişni taʼminlaş tobora ortib borayotganiga eʼtibor qaratilmoqda. Bizning maqsadimiz - çidamli moliyaviy tizim va samarali iqtisodiy faoliyatni rivojlantirişdir”, - dedi u.