“Inqiroz keldi. Balki, hayotimizda hali sezmayotgandirmiz. Biroq, körsatkiçlar, raqamlardan körinib turibdi. Birinçi çorakda inflatsiya past böldi. Mart oyidan boşlab ta'sir sezila boşlandi. 

Masalan, yanvar oyida kuniga örtaça 2865 tonna benzin sotilgan, fevral oyida 2976 tonnaga köpaydi, yaxşi kelayotgan edik. Mart oyida 2790 tonnaga tuşgan. Aprelning 8 kunida 871 tonnaga tuşib qoldi. Mamlakatda transport harakati töxtadi. Sanoat birinçi çorakda 4,8 foiz böldi. Bu körsatkiçlar inqirozni yaxşi tuşuntiradi.

Inqiroz paytlari avvalo içki resurslar haqida gapiriş kerak. Qaçonki içki resurs yaxşi bölsa, sizga kredit ham berişadi. Muhtoj bölsangiz, berişmaydi. Oxirgi uç yil içida oltin-valuta zaxiramiz mustahkamlandi. 

Qayta moliyalaş stavkasining pasaytirilişi esa inflatsiya bilan boğliq. Inflatsiya ötgan yilgidan pastroq kutilyapti. Bu inflatsiyadan kelib çiqib qilindi. Iqtisodiyotni kreditlaşda esa hozir yangi loyihalarning vaqti emas. Ertaga ular qanday işlaşi ham noma'lum. Banklarga asosan işlab turgan loyihalarga aylanma mablağlar bilan kredit beriş körsatmasi berildi”, - deydi Jamşid Qöçqorov.