«Oylik yoki kunlik daromadsiz qolsangiz, yiğib qöygan jamğarmangiz bilan rözğoringizni qança vaqt bemalol ta'minlay olasiz?» degan savolga 450 mingdan ortiq kişi javob berdi.
Sörov qatnaşçilarining 35 foizi aytarli jamğarmasi yöqligini, 24 foizi jamğarmasi 10 kunga yetişini, 26 foizi jamğarmasi bir oyga yetişini bildirgan.
Respondentlarning qolgan 15 foizi jamğarmasini bir oy va undan uzoq muddatga yetadi deb hisoblaydi.

Albatta, sörovnoma natijalari reprezentativ ekanini töla işonç bilan ta'kidlaşdan yiroqmiz. Ammo iştirokçilar soni 450 ming ekanidan kelib çiqsak, natijalar muayyan xulosalar uçun nisbiy asos böla oladi.
Sörov natijasini taxminiy ijtimoiy kesim sifatida qabul qiladigan bölsak, unda yaqin kunlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan holatni avvaldan köra bilişimiz mumkin. Oilalarning tez kunlarda iqtisodiy inqirozga uçraşi ehtimoli haqida söz bormoqda, demakki masalaning naqadar jiddiy ekanini aytişga hojat yöq.
Hukumat tomonidan karantin şaroitida iqtisodiy qiyin ahvolda qolgan oilalarga manzilli yordam körsatiş – oziq-ovqat mahsulotlarini ham davlat hisobidan, ham homiylik mablağlari evaziga yetkazib beriş böyiça çoralar körilyapti, biroq karantin davrida moddiy zaxirasi oxirlab qoladigan oilalar soni kun sayin yumaloqlanayotgan qordek köpçib boradi. Buni tan olmoğimiz lozim.
Tan oliş ortidan esa vaziyat taqozo qilib turgan çoralarni zudlik bilan köriş kerak böladi.
Birinçi navbatda körilişi lozim bölgan çora, köplab davlatlar tajribasida qöllanayotgan amaliyot – aholiga töğridan-töğri pul tarqatiş. Kam ta'minlangan deb hisoblanmaydigan, ammo doimiy kunlik daromadisiz qolgan oilalar busiz juda qiyin ahvolda qolişini taxmin qiliş mumkin.
Qolaversa, faoliyati töxtagan korxonalarning homiylik yordamini körsatiş imkoniyati ham vaqt ötişi bilan tobora kamayib boraveradi.
Bir martalik yordam puli miqdori 1 mln söm yoki hatto undan ortiq, minimal qiymatda esa mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (634 880 söm)ga teng bölişi mumkin. Albatta, jarayonni taşkil etiş muayyan qiyinçiliklarni tuğdiradi, adolatli va şaffof mexanizmni yaratişni talab qiladi.
Keyingi örindagi çoralardan – COVID-19 kasalligi qayd etilmagan tumanlarda karantin qoidalarini yengillaştiriş, mazkur hududlarda iqtisodiy faoliyatni jonlantiriş. Koronavirus qayd etilgan tumanlarning boşqa tumanlardan vaqtinça izolyatsiya qilinişiga jiddiy ahamiyat qaratiş kerak.
Tomorqaçilikni rivojlantiriş uçun kuni keça hukumat 20 ming tomorqa egasiga subsidiya (beğaraz yordam) ajratişga qaror qildi. Ammo buning tartibi – odamlar bu yordamni zudlik bilan olişlarini ta'minlaş uçun kerak bölgan çoralar tegişli vazirlik tomonidan zudlik bilan işlab çiqilişi lozim, ya'ni qaror qoğozda qolib ketmasligi kerak. Şu bilan birga, 20 ming raqami holat talabiga javob beradimi, degan savol köndalang turibdi.
Karantinning davomiyligini şu tobda başorat qilib bölmaydi, zero bu bemorlar soniga, kasallik tarqalişi dinamikasiga boğliq. Ammo yuzaga kelgan bu holatdan muvaffaqiyatli çiqib oliş köp jihatdan salbiy ssenariylarga tayyor turişga boğliq. Bu örinda tibbiyot buyumlari va uskunalari xarid qilinayotgani, maxsus şifoxonalar qurilayotgani ijobiy qadam. Bemorlar oşib borayotgan ayni kunlarda esa uşbu yaratilayotgan infratuzilmaning qançalik yetarli ekani masalasini yana bir marta qayta körib çiqiş va ötkazilayotgan testlar sonini oşiriş ham maqsadga muvofiq.
Şokir Şaripov













