«2020 yil 16 aprel soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1349 nafarni taşkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Özbekistonda koronavirusdan zararlanişning ilk holati 15 martda aniqlangan edi. Aprel oyida kasallanganlar soni keskin ösa boşladi. 11-12 aprel kunlari 98tadan, 13 aprel kuni 133ta yangi holat tasdiqlandi. 14 aprel kuni esa bemorlar sonining kunlik ösişi böyiça rekord natija qayd etildi - 167ta yangi holat. 15 aprel kuni bemorlar soni 137 nafarga oşdi.
Şu vaqtgaça 107 kişi kasallikdan soğaydi, 4 kişi vafot etdi.
Boş sanitariya inspektori Nurmat Otabekov «Özbekiston 24» telekanalida çiqişida ma'lum qilişiça, Toşkentda koronavirusdan davolanayotgan 325 bemorning 14 nafari oğir ahvolda deb baholanmoqda.
Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti rahbariyatidan olingan ma'lumotga köra, institut klinikasida davolanayotgan 100 nafar bemorning tört nafarining ahvoli oğir, bir bemorning ahvoli nisbatan oğir, yana bir nafarining ahvoli esa öta oğir, deb baholanmoqda. Davolanayotgan bemorlarning 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti rahbariyatidan olingan ma'lumotga köra, uşbu institut klinikasida davolanayotgan 101 nafar bemordan ikki nafarining ahvoli oğir deb baholanmoqda. Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida davolanayotgan 124 nafar bemorning olti nafarining ahvoli oğir deb baholanmoqda.












