The Telegraph xabariga köra, UYeFA Çempionlar Ligasi çorakfinal bahslarini 28-29 iyul kunlari, yarimfinallarni avgust oyida, finalni 29 avgust kuni ötkazişni rejalaştirmoqda. Yevropa Ligasi finali esa 26 avgust kuni bölib ötişi mumkin. Bu sanalar UYeFA a'zolari bilan muhokama qilinyapti.
UYeFA yevrokubok öyinlarini milliy çempionatlar davom etayotgan pallada ötkazişga qarşi emas. Biroq, köpgina klublar oldin milliy çempionatlarni yakunlab, keyin yevrokuboklarda iştirok etişni istayaptilar. Yevrokuboklarning qolgan öyinlarini avgustda ötkazib oliş esa bunday imkoniyatni beradi.













