"Bugungi kundagi ma'lumotlarga köra, epidemiya nazorat ostida va yanada kuçliroq nazoratga olindi", - dedi u.
Şpan Germaniyada mart oyi örtalarida kiritilgan keskin çoralarni "töliq tormozlaniş" deb atadi.
"Endilikda bu çoralar muvaffaqiyat keltirdi deb ayta olamiz", - deya qayd etdi u.
Vazirning sözlariga köra, kasallik yuqtiriş holatlari kamaymoqda. Şu bilan birga, 12 apreldan buyon kasallik yuqtirganlardan köra soğayganlar soni kuniga oşmoqda.
May oyidan boşlab kasalxonalar odatiy iş rejimiga qaytadi.
Yyens Şpanning aytişiça, Germaniyada 1,7 mln kişi koronavirusga tekşirilgan. Mamlakatda haftasiga 350 mingga yaqin test ötkazilmoqda.
Sönggi ma'lumotlarga köra, Germaniyada koronavirusga çalinganlar soni 138 mingdan ortiq bölib, 4100ga yaqin kişi vafot etgan.













