«Özbekfilm» kinostudiyasining 1 milliard sömdan ortiq soliq qarzi töliq qoplandi. Bu haqda madaniyat vazirining birinçi örinbosari - Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov xabar berdi.
Qayd etilişiça, auksionga qöyiliş arafasida turgan 12 ta avtomobil ham kinostudiya ixtiyoriga qaytarilgan. Endilikda xodimlarning töplanib qolgan 3 milliard sömdan ortiq iş haqi qarzdorligini qoplaş rejalaştirilyapti.
Kinematografiya agentligi direktorining taʼkidlaşiça, «Özbekfilm» zimmasidagi 22 million yevrolik kredit majburiyati eng katta muammo bölib qolyapti.
«Kinostudiyani 10 gektarlik yer maydoni bilan birga garovdan ozod qiliş va kredit majburiyatini hal etiş böyiça Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan iş olib borilyapti», dedi Jahongir Ahmedov.
Avvalroq, kinostudiya bir yilda kamida 60 milliard sömlik buyurtma bajarmasa, özini saqlab turolmasligi yaʼni amalda davlat buyurtmasiga qaram bölib qolgani maʼlum qilingandi.












