Prezident «Özbekfilm» kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuv ötkazmoqda. Davlat rahbari bu dargohda milliy kino tarixi, bir neça avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga köçgan orzulari, intilişlari va armonlari mujassam ekanini taʼkidladi.
«Mahallada duv–duv gap», «Ötgan kunlar», «Şum bola», «Çinor ostidagi duel», «Suyunçi» kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuy bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni köz oldimizda gavdalantiradi.
Prezident öz davrida siyosiy va mafkuraviy bosimlar qançalik oğir bölmasin, ijodkorlarimiz ana şunday milliy sanʼat asarlarini yarata olganini tahsinga sazovor deb baholadi.
«Özbekfilm» yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi. «Abdullajon», «Otamdan qolgan dalalar», «Dilxiroj», «Vatan», «Ötov» singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.

Mamlakat yetakçisi ön yil oldin «Özbekfilm» kinostudiyasi qanday ahvolda bölganini yodga oldi. Islohotlarning ilk kunlaridan studiyani tiklaş va ijodkorlar uçun munosib şaroit yaratişga alohida eʼtibor qaratilgani qayd etildi.
Bu qadrli maskan töliq rekonstruksiya qilindi. Sönggi ön yilda sohani qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilindi.
2016-yilda filmlar oliş uçun davlat budjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, joriy yilning özida 218 milliard söm berildi.
Davlat rahbari natijada milliy filmlarning salmoği va sifati oşganini, sohaga önlab xususiy kinostudiyalar kirib kelganini taʼkidladi.
Prezident yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga töxtaldi. Ular orasida «Islomxöja», «Ibrat», «Avloniy», «Abdulla Qodiriy», «Qöqon şamoli», «Muqimiy», «Ilhaq», «Özbek qizi», «Bahodir Yalangtöş» bor.

Milliy kadrlarning yangi avlodi yetişib çiqdi. Davlat rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.
«Oltin globus» xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlaş marosimi ilk bor Toşkentda ötkazildi. Uçraşuvda iştirok etayotgan aktrisa Gulçehra Jamilova «Meridian» mukofotiga sazovor böldi.



















