Özbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritiş vakolati Madaniyat vazirligiga ötkaziladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekfilm» kinostudiyasida ijodkorlar bilan uçraşuvda maʼlum qildi.

Prezident sohani boşqariş, moliyalaştiriş va film yaratiş vazifalari aniq ajratilib, yangi tizimga ötilişini maʼlum qildi. Avvalo, ixçam va zamonaviy boşqaruv yölga qöyiladi.

Xususan, vazirlikda Kino sanʼati departamenti taşkil etiladi. Departament rahbarining maqomi vazir örinbosariga tenglaştiriladi.

Masʼullarga bir oyda departament faoliyatini samarali yölga qöyiş, Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi taşkilotlarni tugatişni taʼminlaş topşirildi.

«Özbekfilm»ning taşkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi. Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida işlaydigan yangi «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi.

Prezident yangi kinokompaniya milliy kino brendini yaratiş va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantiriş böyiça tayanç markaz hamda boş operator bölişini taʼkidladi.

«Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi film işlab çiqarmaydi. Filmlarni yaratiş töliq xususiy sektorga ötadi. Kompaniya loyihalarni tanlaş va moliyalaştiriş, filmlarni tarğib qiliş, tarqatiş, xalqaro bozorlar va festivallarga olib çiqiş bilan şuğullanadi.

Bu orqali filmni işlab çiqarişdan tomoşabinga yetkazib berişgaça bölgan jarayon yaxlit tizimga birlaşadi. Milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta muddatda yölga qöyiş topşirildi.

Prezident kinolarni moliyalaştirişda davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qöllab-quvvatlaş tizimiga ötilişini maʼlum qildi.

«Bundan buyon davlat filmning buyurtmaçisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning işonçli hamkori böladi», – dedi mamlakat rahbari.

Film işlab çiqarişda texnik topşiriqlar emas, ijodiy jarayon va uning talablariga ustuvorlik beriladi. Yangi moliyalaştiriş mexanizmini bir oy muddatda joriy etiş vazifasi qöyildi.

Kelgusi yildan boşlab har yili «Özbekfilm» milliy kinokompaniyasi söroviga köra byudjetdan tegişli mablağ ajratib boriladi.