Hilton tarmoğining butun dunyodagi mehmonxonalarining 16 foizga yaqini koronavirus pandemiyasi oqibatida yopildi. Bu haqda Hilton korporatsiyasi xabar berdi.

"14 aprel holatiga köra, qariyb mingta mehmonxona yoki butun dunyodagi barça obektlarimizning  16 foizi işini töxtatdi. Şimoliy va Janubiy Amerikada mehmonxonalarimizning 16 foizi, Yevropa, Afrika va Yaqin Şarqda 60 foizi, Osiyo-Tinç okeani mintaqasida 15 foizi yopildi", - deyiladi xabarda.

Mart oxirlarida Amerika mehmonxonalar va ijara assotsiatsiyasi koronavirus tarqalişi sababli AQŞdagi mehmonxonalar xodimlarining 44 foizi işsiz qolişini taxmin qilgandi. 

AQŞ mehnat vazirligi taqdim etgan ma'lumotga köra, AQŞda pandemiya boşlanganidan 9 aprelga qadar 17 mlnga yaqin kişi, jumladan oxirgi haftada 6,6 mln kişi işsizlik nafaqasi oliş böyiça murojaat qilgan. Oxirgi 3 hafta içida taxminan har ön amerikalikdan bittasi işini yöqotgan.