Tender Jahon banki guruhi tartib-taomillariga muvofiq ötkazildi. «Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar» (BAA) kompaniyasi ğolib deb topildi. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi u bilan investitsiya bitimi, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ esa elektr energiyasini sotib oliş töğrisida bitim tuzdi (ikkalasi – 2019 yil 8 noyabrda).
Norma'ning yozişiça, Özbekistonda investitsiya loyihasini amalga oşiriş uçun loyiha kompaniyasi – investor nomidan iş yuritadigan «Nur Navoi Solar» MÇJ ta'sis etildi. Loyiha doirasida unga:
kreditlaş, xorijiy valutadagi mablağlarni oliş va ulardan foydalaniş (şu jumladan, boşqalardan taşqari xorijiy valutada kredit mablağlari tuşumlari) uçun çet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari oçişga;
Özbekiston taşqarisidagi xorijiy pudratçilar, yetkazib beruvçilar yoki xorijiy kreditorlarga tölovlarni mamlakatimizdagi bank hisobvaraqlari orqali ötkazmasdan töğridan-töğri amalga oşirişga ruxsat berildi.
Investor işlab çiqarilgan elektr energiyasini qat'iy tarif – 1 kVt-s uçun $2,679 miqdorida (tarif investitsiya loyihasining butun 25 yillik muddati davomida xorijiy valutada denominatsiyalangan) yagona xaridor – «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga sotiş majburiyatini oldi. Tölov mahalliy valutada amalga oşiriladi. 5.05.2015 yildagi PQ-2343-son qarorda (5-bandi ikkinçi xatboşisi) nazarda tutilgan QQSdan ozod qiliş investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida sotiladigan elektr energiyasi hajmlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Şuningdek arab kompaniyasi kuçlanişni oşiruvçi FES podstansiyasini qurişi va foydalanişga topşirilgandan keyin uni «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga bepul asosda berişi şart.
Investor va loyiha kompaniyasining majburiyatlari $20 mln miqdoridagi bank kafolati bilan ta'minlanadi. «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasini 6 oy mobaynida sotib olişni qoplaş uçun investor foydasiga xorijiy valutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditiv oçadi.
Hujjat 15.04.2020 yildan kuçga kirgan.












