17 aprel kuni South China Morning Post naşri Kembrij universiteti tadqiqotiga e'tibor qaratdi. Britaniyalik olimlar fikriga köra, koronavirus epidemiyasining xuruji dekabrdan ham avvalroq, sentabr oyida boşlangan. Virus 13 sentabr va 7 dekabr oraliğida paydo bölgan. Avvalroq uning Uhan şahridagi dengiz mahsulotlari bozoridan tarqalgani aytilgan edi. Tadqiqotçilar esa uni Xitoyning janubida paydo bölganini taxmin qilişmoqda.

Virus insoniyatga hujum qilib, epidemiya tusini olgunça ança vaqt davomida payt poylagan. Kembrij universitetining irsiyatşunos olimi Piter Foster bu borada şunday dedi: 

«Virus inson uçun qulay bölgan şaklga kiriş uçun bir neça oy davomida mutatsiyalaşgan. Oldin körşapalak yoki boşqa hayvon yoki inson vujudida bir neça oylar davomida yaşiringan, heç kimga yuqmagan».

Buni aniqlaş uçun tadqiqotçilar guruhi virusning köplab ştammlarini tahlil qilib, matematik algoritmdan foydalanişgan. U genlar mutatsiyasi davrida organizmlarning global harakati kartasini tuziş imkonini bergan.