«The New York Times» jurnalisti Tim Errera ham koronavirusni yengganlardan. U özi kabi oğir dardni yengib ötganlar uçun tavsiyalar bilan örtoqlaşdi.

Barçamiz tuşunarsiz va çigal holatda imkonsiz bölib turibmiz. Bu qiyin damda nimadir qilib odamlarga yordam berişni xohlaymiz, ammo hozir bizdan talab qilinadigan yagona yordam – uyda qoliş. Koronavirusdan tuzalganlar esa nima qilişi kerak?

Men ham virusdan tuzalganlardanman. Unutmaslik kerakki, koronavirusdan tuzalgan odamda bu kasalikka qarşi immunitet paydo bölib, uni boşqalar kabi oddiy hollarda yuqtirmasa ham, ehtiyotkorlikni davom ettiriş kerak. Çunki siz virus bor yuzaga teginib, keyin virus yopişgan qölingiz bilan oğzingizni uşlaş orqali uni yana yuqtirib olişingiz mumkin. Bir marta tuzalgan odamda virusga qarşi immunitet paydo bölişi esa hozirça isbotlanmagan (ma'lumot uçun, Janubiy Koreyada 100ga yaqin odam virusni qaytadan yuqtirib oldi - tarj).

Kasallikni yenggaç, qilişingiz mumkin bölgan eng yaxşi iş gigiyena qoidalariga amal qilişni davom ettiriş. Işoning, siz kasalxonadan çiqqandan keyin ham gigiyenaga instiktiv tarzda amal qilasiz. Şuni unutmaslik kerakki, koronavirus barçaning e'tiborini öziga tortayotgan bir vaqtda boşqa viruslar, masalan gripp ham tarqalişda davom etmoqda. Gigiyena sizni boşqa viruslardan ham asraydi. Koronavirusni yengib ötgan bölsangiz, quyidagilarga amal qilib ham özingizga, ham boşqalarga yordam berişingiz mumkin.

Tuzalganingizga işonç hosil qiling

Avvalo infeksiyadan tuzalganingizga işonç hosil qiling. Sizda eng sönggi alomatlar yöqolganidan keyin ham 14 kun kuting. Bu kasallik böy körsatişi uçun yetarli muddat. Koronavirus odam tanasida heç qanday alomatsiz ham «jon saqlaşi» mumkin. Tibbiyotga oid jurnallardan birida keltirilgan tadqiqotda aytilişiça, koronavirusdan tuzalgan bemorlarning deyarli yarmida Covid-19 virusi kasallik alomati ötib ketganidan keyin ham sakkiz kungaça saqlanib qolgan. Şifokorlar koronavirusdan tuzalganlarga alomatlar yöqolganidan keyin ham 8 kun özini ihotalaşda davom etişni va köçaga çiqqanda niqob taqişni tavsiya qilişgan.

Qon «ehson qiliş»

Ya'ni, qon beriş. Bu eng muhim narsalardan biri. Kasallikdan tuzalgan odam qonida koronavirusni yengişga qodir zarraçalar böladi. Axir u şuning uçun ham kasallikni yenggan-da. Albatta, koronavirusdan tuzalganlarning qoni qolganlarni ham davolaşi isbotlangani yöq, lekin şifokorlarning aytişiça, bu tajriba yordam bermoqda.

Bu usuldan avval ham foydalanişgan. 1918 yil dunyoga tarqalgan «ispanka» virusini davolaş uçun bu kasallikdan tuzalganlarning qon plazmalari davolaşda işlatilgan. Umuman, bu tajriba boşqa kasalliklarni davolaşda ham qöllanadi. Siz koronavirusni yenggan bölsangiz, berayotgan qoningiz boşqalarga ham foyda berişi mumkin. Şifokorlar tuzalgan odamlarning qoni quyilgan bemorlar holatida ijobiy özgariş bölayotganini, masalan, ular kamroq kislorodga ehtiyoj sezayotganini tasdiqlaşgan.

Qon beriş uçun avval testdan ötiş kerak. Kamida 14 kun davomida koronavirus alomatlari aniqlanmagan va manfiy natija çiqqanlardan qon olinişi mumkin. Bu jarayonda köplab tibbiyot taşkilotlari qatnaşmoqda. www.ccpp19.org saytida jarayon haqida töliq ma'lumot berilgan. Aynan şu saytda va Qizil Hoç jamiyatining rasmiy saytida qayerda qon topşiriş mumkinligi haqida ma'lumot berib boriladi.

Koronavirusdan tuzalgan odam öz qonini har 28 kunda «ehson qilişi» mumkin. Jarayon 1,5-2,5 soat vaqt oladi. Sönggi vaqtlarda qon beriş kamayib ketdi, çunki odamlar uydan çiqişga, ayniqsa, tibbiyot birlaşmalariga borişga qörqib qoldi.

Agar töliq tuzalgan bölsangiz, ehtiyotkorlikni saqlagan holda boşqalarga yordam bering. Yoşi kattalar va surunkali kasalligi borlarga, ya'ni virus oğir ötadigan odamlarga siz hammasini yengib ötganingizni bildiring. Ammo yana takrorlaymiz, ehtiyotkorlikni eng yuqori darajada ta'minlang.

Uydan turib xayriya qilişingiz mumkin

Agar siz kasallikdan tuzalgan bölsaniz va odamlarga yordam berişni istasangiz-u, uydan çiqişga imkon bölmasa, buning ham yöli bor. Pulingizni qanday ehson qilişni bilmayotgan bölsangiz, hisob raqamingiz orqali turli xayriya taşkilotlariga ehson qiling. Işidan ayrilganlar, boquvçisini yöqotganlar sizning pullaringiz evaziga qiyin kunlardan çiqib ketişi mumkin, deya maqolasini yakunlagan Tim Errera.

Koronavirusdan tuzalganlarga yana bir narsani eslatib ötmoqçimiz. Unutmang, siz katta sinovdan ötdingiz. Hayotning siz uçun yangi bosqiçi boşlandi. Şunçaki hayotdan zavqlaning, bu oğir darddan qutulganingiz şukronasi sifatida imkoningiz bölsa, muhtojlarga yordam bering. Odamlarga bu kasallikni yengiş mumkinligini körsating.