Bugun, 18 aprel kuni AOKA qoşidagi maxsus ştabda taşkil etilgan onlayn brifingda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Hojimetov xorijda bölib turgan qança Özbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangani töğrisidagi ma'lumotni oçiqladi.
«2020 yil 18 aprel holatiga köra, Taşqi işlar vazirligi Operativ ştabida mavjud ma'lumotlarga köra, Avstriya (1), Armaniston (1), AQŞ (11), BAA (1), Gretsiya (6), Isroil (1), Koreya Respublikasi (1), Pokiston (5), Rossiya (42), Tailand (1), Turkiya (1), Yaponiya (1) va Qozoğistonda (6) bölib turgan jami 73 nafar fuqarolarimizda uşbu kasallik aniqlangan», - deya qayd etdi Avazbek Hojimetov.
TIV vakilining sözlariga köra, virusga çalingan fuqarolarimiz bilan öşa davlatdagi Özbekiston diplomatik vakolatxonalari doimiy aloqada va zarur konsullik-huquqiy yordamlarini körsatmoqda.
Şuningdek, Avazbek Hojimetov çet elda bölib turgan Özbekiston fuqarolaridan öşa davlatdagi karantin talablariga rioya qilişni söradi.
Eslatib ötamiz, bundan oldin 7 aprel holatiga köra, Taşqi işlar vazirligi tomonidan jahonning töqqiz mamlakatida jami 23 nafar özbekistonlikka koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgani ma'lum qilingan edi.













