«Şu yilning 7 aprel kuni poytaxtlik, 77 yoşli (ayol) A. surunkali bronxit, öng öpka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan ötkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan söng bemorda Covid-19 koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Şundan söng unga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasiga ötkazilgan.
Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning standartlar asosida ötkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bugun uşbu infeksiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning oğir keçişi, ötkir nafas yetişmovçiligi va öpka şişidan vafot etdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.













