Tailandlik olimlar koronavirusning vafot etgan odamdan yuqişi bilan boğliq ilk holatni qayd etişdi, deb xabar bermoqda ABC News.
Qayd etilişiça, kasallikka çalingan şaxs sud tibbiy eksperti bölib işlagan va koronavirusdan vafot etgan bemorning jasadini örganiş çoğida koronavirus yuqtirgan.
Koronavirus asosan havo-tomçi yöli orqali, bemor yötalganda yoki aksirganda, hattoki gapirganda yuqadi.
Sud tibbiy ekspertlari milliy assotsiatsiyasi patologanatomlar biologik suyuqliklar bilan işlaganliklari sababli kasallik yuqişi mumkin deb hisoblamoqda.
Ekspertlar şifokorlar hamda bemorlar va vafot etganlar bilan işlaydiganlar bu holatni ham inobatga olişlari lozimligini ta'kidlaşmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Tailandda koronavirusga çalinganlar soni 2700dan ortiq bölib, 47 kişi vafot etgan.












