Davstatqöm xabariga köra, 2020 yil 1 aprel holatiga köra quriliş sohasida korxona va taşkilotlar soni 37,5 mingtani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 foizga oşdi.
Jami quriliş sohasidagi korxona va taşkilotlar soni köpayişining asosiy omili bu bino va inşootlar qurişda ötgan yilga nisbatan 18,6 foizga (jami qurilişdagi uluşi 60,8 foiz), fuqarolik obektlarini quriş 10,9 foizga (jami qurilişdagi uluşi 8,5 foiz), ixtisoslaştirilgan quriliş işlari 21,8 foizga (jami qurilişdagi uluşi 30,7 foiz) ösişidir.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida, jami quriliş işlari hajmi tarkibida yirik quriliş taşkilotlari tomonidan bajarilgan quriliş işlari hajmi 4,2 trln sömni taşkil etdi. Quriliş işlari 2019 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 5,0 foizga köp bajarilgan bölib, jami quriliş işlari hajmidagi uluşi 2019 yilning mos davridagi körsatkiç darajasidan 0,5 foiz punktga köpayib, 27,7 foizni taşkil etdi.











