Prezidentning “Agrosanoat majmuidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş hamda sohada ilm-fan yutuqlarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Qayd etilişiça, prezidentning 2019 yil 17 apreldagi «Qişloq xöjaligi sohasida davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF–5708-sonli farmoniga muvofiq Fanlar akademiyasi Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-işlab çiqariş markazi va uning ilmiy-tadqiqot muassasalari Qişloq xöjaligi vazirligi tizimiga ötkazilgan.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
- global iqlim va demografik özgarişlar, içki va taşqi bozor ehtiyojlaridan kelib çiqib, oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriş, innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni işlab çiqiş hamda joriy qiliş kölamini kengaytiriş maqsadida agrar ilm-fan sohasida mamlakatning ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari tomonidan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlaştirib boriş;
- suğoriladigan va lalmikor yerlar, toğ va toğoldi hamda çöl-yaylov hududlarining meliorativ holatini yaxşilaş, tuproq unumdorligini saqlaş va oşiriş, maqbul almaşlab ekiş va ekinlar strukturasi böyiça hududlar kesimida ilmiy asoslangan takliflar işlab çiqiş;
- tabiiy resurslardan samarali foydalanişni ta'minlovçi resurstejamkor, smart, raqamli va innovatsion texnologiyalarga asoslangan qişloq xöjaligini rivojlantirişning ilmiy-amaliy asoslarini yaratiş;
- zamonaviy usullar va texnologiyalar asosida mamlakat oziq-ovqat ta'minoti barqarorligiga erişiş uçun qişloq xöjaligi ekinlarining yangi, serhosil nav va duragaylarini yaratiş, ularning uruğşunosligi va birlamçi uruğçiligi böyiça ilmiy işlarni amalga oşiriş;
- qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişning bio, nano va resurstejamkor hamda intensiv texnologiyalarini qöllaş va yangi texnika vositalarini yaratiş böyiça fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatning istiqbolli yönalişlarini işlab çiqiş, ilmiy işlanmalar natijalarini amaliyotga joriy etişda axborot-maslahat markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalaniş;
- hududlarda innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş böyiça sohada integratsiya jarayonining samarali şakllarini, mahsulot yetiştirişni diversifikatsiya qiliş va transferning zamonaviy usullarini işlab çiqiş;
- ösimliklarni himoya qilişning biologik va ekologik jihatdan xavfsiz uyğunlaşgan kuraş tizimlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
- qişloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, qişloq xöjaligida mulkiy, klaster va kooperatsiya munosabatlarini takomillaştiriş, köp tarmoqli xöjalik yurituvçi sub'yektlar va qişloq xöjaligi işlab çiqarişining zamonaviy şakllarini hamda integratsiya jarayonlarining samarali usullarini yaratiş böyiça ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş;
- mavjud yer, suv va boşqa tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş imkonini beruvçi “Aqlli qişloq xöjaligi” konsepsiyasiga asoslangan qişloq xöjaligi işlab çiqarişning sinalgan zamonaviy şakllarini işlab çiqiş va joriy etiş;
- qişloq xöjaligida mavjud tizimli muammolarni bosqiçma-bosqiç hal etişning ilmiy asoslarini yaratişga qaratilgan yaqin va uzoq muddatli istiqbolli dastur va qöşma dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşiriş;
- qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş va avtomatlaştiriş darajasini oşiriş, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, saqlaş va qayta işlaş böyiça istiqbolli texnika va texnologiyalarni joriy etişni muvofiqlaştiriş;
- nufuzli xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oşirişni kuçaytiriş, ilmiy xodimlarning ilmiy-tadqiqot natijalarini tarğib va joriy qilişda manfaatdorligini oşiriş.
Belgilanişiça, idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, respublika ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining qişloq xöjaligi sohasida amalga oşiriladigan ilmiy tadqiqotlari Markaz tomonidan muvofiqlaştiriladi.
Qişloq xöjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining quyidagilar töğrisidagi takliflari ma'qullanadi:
a) Markaz tizimida:
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Ğallaorol ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Lalmikor dehqonçilik ilmiy-tadqiqot institutini;
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Makkajöxori seleksiyasi va uruğçiligi ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasini;
Ösimlikşunoslik ilmiy-tadqiqot institutining Moyli ekinlar seleksiyasi, uruğçiligi va agrotexnikasi bölimi negizida Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasini taşkil etiş;
b) Markaz tizimiga:
«Özagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining “Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti” mas'uliyati çeklangan jamiyatini keyinçalik uni davlat muassasasi şaklida qayta taşkil etgan holda;
Qişloq xöjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etgan holda ötkaziş.
Belgilanişiça, 2021 yildan boşlab Markaz tizimida yangidan taşkil etilgan Lalmikor dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti, Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi, Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyalarining bino va inşootlarini saqlaş, xodimlar mehnatiga haq tölaş böyiça xarajatlarni moliyalaştiriş Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan bazaviy moliyalaştiriş şartlariga ötkaziladi.
Mazkur ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq tölaş şartlari budjet mablağlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion işlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oşirişda qatnaşuvçi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoşlariga tenglaştiriladi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat uluşini “Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti” mas'uliyati çeklangan jamiyatining ustav kapitalidagi “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining uluşini balans qiymatiga kamaytiriş töğrisida qaror qabul qilinişini ta'minlaydi.
Quyidagilar:
a) Markaz tizimida taşkil etiladigan ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-tajriba stansiyalari hamda ularning yuridik şaxs maqomiga ega davlat muassasalari bölib:
Lalmikor dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Ğallaorol ilmiy-tajriba stansiyasining;
Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Makkajöxori seleksiyasi va uruğçiligi ilmiy-tajriba stansiyasining;
Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti” mas'uliyati çeklangan jamiyati huquq va majburiyatlari böyiça huquqiy vorislari hisoblanadi;
b) davlat organlari va taşkilotlari tomonidan Markaz va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlariga ilmiy tadqiqotlar faoliyatiga xos bölmagan va ilmiy tadqiqotlarni ötkaziş dasturlariga salbiy ta'sir etuvçi vazifalar yuklatilişiga yöl qöyilmaydi.
Belgilab qöyilişiça, Markazning:
ijro etuvçi apparat xodimlariga va hududiy bölimlari xodimlariga – Fanlar akademiyasi boşqaruv apparatining tegişli lavozimlari;
idoraviy mansub muassasalari xodimlariga – Fanlar akademiyasining idoraviy mansub muassasalari tegişli lavozimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş şartlari qöllaniladi.
Quyidagilar Markaz, uning Qoraqalpoğiston Respublikasi va hududiy bölimlari hamda Respublika qişloq xöjaligi ilmiy kutubxonasi faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilanadi:
Davlat budjeti mablağlari;
belgilangan tartibda jalb etilgan budjetdan taşqari mablağlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy taşkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Qişloq xöjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Moliya vazirligining Markaz huzurida yuridik şaxs taşkil etmagan holda Qişloq xöjaligida ilmiy izlanişlarni va innovatsion işlanmalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.
Quyidagilar Jamğarma mablağlarini şakllantirişning manbalari etib belgilanadi:
Markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xöjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tuşgan sof foydaning 10 foiz miqdoridagi ajratmalar;
qişloq xöjaligi, şu jumladan ilmiy izlanişlarga yönaltirilgan xalqaro taşkilotlar va xorijiy hukumat moliya institutlarining imtiyozli kreditlari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy taşkilotlar, donor mamlakat va taşkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Belgilanişiça, Jamğarma mablağlari Ilmiy markaz va uning ilmiy-tadqiqot muassasalarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan quyidagi tadbirlarni amalga oşirişga yönaltiriladi:
ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanişini ta'minlaşga, raqobatbardoş ilmiy hajmdor mahalliy mahsulotlar işlab çiqarişni özlaştirişga yönaltirilgan ilğor ilmiy-tadqiqot va izlaniş işlarini tanlov va davlat buyurtmalari asosida moliyalaştiriş;
Markaz ijro apparati va uning tarkibiga kiruvçi muassasalar hamda taşkilotlar xodimlarini moddiy rağbatlantiriş;
yetakçi xorijiy ilmiy markazlarda yoş olimlar uçun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni taşkil etiş böyiça tadbirlarni moliyalaştiriş;
Özbekiston Respublikasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boşqa tadbirlarni moliyalaştiriş.
Toşkent viloyati, Qibray tumani, Universitet köçasi, 2-uy manzilidagi Toşkent davlat agrar universitetining «Tayyorlov kursi binosi» tasarruf etiş huquqisiz Markaz balansiga ötkaziladi.
Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-işlab çiqariş markazining Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti Toşkent viloyati Qibray tumanida joylaşgan Toşkent davlat agrar universiteti hududida Universitet köçasi, 2-uy manzilida bepul foydalaniş huquqi bilan joylaştiriladi.
agrosanoat, qaror loyihasi











