Avvalo bir narsani tuşuniş kerak: Keçagi savdolarda heç kim neftni köçaga çiqarib qöyib «Oling, evaziga pul beramiz», degani yöq. Boçkadagi qora quyuq körinişda böladigan neft xomaşyosi emas, may oyida yetkazib beriş böyiça fyuçers qoğozlarining narxi manfiy qiymatga tuşib ketdi. Fyuçers bu – birjadagi moliyaviy hujjat bölib, u oldi-sotdi şartnomasi hisoblanadi. Fyuçersda tovarlarning hajmi emas, faqat yetkazib beriş vaqti kelişilgan böladi.

Keçagi savdolarda aynan may oyida yetkazib beriş böyiça fyuçerslar narxi pastlab ketdi. May oyi uçun fyuçerslar muddati 21 aprel kuni yakunlanardi. Şu bois neft heç kimga kerak bölmagan bugungi kunda investorlar fyuçerslarning amal qiliş muddati tugaşi arafasida omborlardagi neftdan qutulişga majbur bölişdi. Omborlarga ijara puli tölaşdan köra uni olib ketganlarga pul beriş arzonroq tuşgani sabab narx manfiyga qarab ketgan.

Gap şundaki, AQŞ bozorlarida, ayniqsa birjada iqtisodiyot şunçalik avtomatlaşib ketganki, u ba'zan real hayotga ham mos kelmay qoladi. Keça aynan mana şunday voqea sodir böldi va neft manfiy qiymatga tuşib ketdi. Hozir neft omborlari tölib ketdi. AQŞ va Singapurdagi asosiy omborlarga talab şunçalik kattaki, ularda mahsulot saqlaş uçun narxlar ikki baravar qimmatlab ketgan. Yöq, ular atayin narxni kötarişmagan, jahon bozorida narx-navo taklif asosida özgaradi. Hozir omborlarga talab katta.

Iyun oyida neftga bölgan talab biroz ortişi mumkinligi hisobida iyunda yetkazib beriş böyiça savdolarda WTI 22 dollargaça sotilgan. Bugungi savdolar boşida 26 dollardan sotilgan Brent navli neft narxi ham pastladi. Oliy navli bu neftning 1 barreli 2002 yildan buyon ilk marta 19 dollardan pastladi. Texas neftining pastlaşi tabiiyki qolgan navdagi xomaşyo narxiga ham ta'sir qilmay qolmadi. Rossiyaning Urals neftining 1 barreli -2 dollargaça tuşib ketdi. Vaqtinça, albatta.

Pulingiz bölsa, tanker oling

Endi tankerlar taşiş uçun emas, neftni saqlaş uçun foydalanilmoqda - narxlar ösgunça ular oçiq dengizda qoladi / REUTERS

Omborlar neft bilan tölib toşgandan söng neft sotuvçi korxonalar xomaşyoni dengizdagi tankerlarda ham saqlaşda majbur bölişmoqda. Ayni damda dengizlardagi tankerlarda 160 million barrel neft borligi aytildi. Ular neftni heç qayerga taşimay suzma ombor vazifasini bajarmoqda.

Bunaqasi heç qaçon bölmagan. 2008 yilgi jahon moliyaviy inqirozi vaqtida tankerlarda maksimum 100 million barrel neft saqlangan. Hozir har biriga 2 million barrel neft saqlaş mumkin bölgan dunyodagi 770ta supertanker «omon-omon» davrlar kelguniga qadar dengizda qolişi mumkin.

Ayni damda dunyodagi neft omborlarining törtdan uç qismi tölgan. Öşa bir qismda ham 1 milliard barrel neft saqlaş mumkin. Bu esa inqirozgaça bölgan davrda kunlik dunyo ehtiyojidan 10 baravar köp degani. Hozir esa talab deyarli yöq. Omborlarni töliq töldirib bölmaydi, çunki qazib olinayotgan neftni qöyiş uçun joy kerak. Qazib olişni esa töxtatiş imkonsiz, avvalo mijozlar qoçib ketadi, bundan taşqari quduqlarni yopib yana oçiş mijozlarga bepul neft tarqatgandan qimmatroq tuşadi. Quduqlardan neft qoçişi ham mumkin. Ha, neft savdosi mana şunday reallikdan uzoq bölgan darajada ğalati.

Amerika neft bozori uçun «qora duşanba»ga aylangan savdolarda narx manfiyga qarab ketganining asosiy sababi talabning kamligi. Ayni damda talab 30 foizga kamaygan. Ya'ni, neftni qayta işlovçi korxonalar har kuni 30 million barrel ortiqça neftni qayerdadir saqlaşga majbur. Yuqorida aytganimizdek, qimmatlaşgan omborlarda neft saqlagandan köra uni tekinga, kerak bölsa pul berib tarqatgan afzal bölib qoldi.

AQŞ nima qiladi?

Amerikada bozor iqtisodiyoti şunçalar erkinlaşib ketganki, davlat qaysidir sektorni nazorat qilişi mumkin degan tuşunça ham esdan çiqqan. Axir aynan şu erkinlik sabab bu davlat Amerika bölgan-da! Şu bois hozir Oq uy nimadir qilib neftni qimmat qilib yubora olmaydi, bunga harakat ham qilmaydi.

Tramp bunday vaqtda nima qiliş mumkinligini aytdi. Unga köra, mamlakat uzoq yillardan buyon ilk marta 75 million barrel neft bilan federal zaxiralarini töldirib oladi. Albatta, -40 dollar evaziga emas. Bu omborlar AQŞda «strategik zaxira» deb ataladi. Darvoqe, Xitoy ham 80-100 million barrel neft olib omborlarini töldirişni maqsad qilgani aytilmoqda. Ba'zi manbalar Janubiy Koreya ham bu ulgurji xaridlarga qöşilişi mumkinligini yozişdi. Bu gigant mamlakatlar uç oy içida milliy zaxiralarini umumiy 200 million barrelgaça töldirib olişi mumkin.

Bundan taşqari, Oq uy neft korxonalarini qöllab-quvvatlaş böyiça çoralar uçun pulni ayamoqçi emas. AQŞ heç qaçon öz tadbirkorlarini yolğizlatib qöymaydi va bu mamlakatning öziga xosligi ham mana şunda.

Aniq sabablar ham bor

Köpçilik neft narxining manfiyga qarab ketganida talabning kamligi degan qaysidir ma'noda mavhum sababni keltirmoqda. Ammo neft bu qadar qadrsizlanişining aniq sabablari ham yöq emas. Masalan, Saudiya Arabistoni martning oxirgi kunida neft qazib oliş böyiça rekord örnatdi. 31 mart tunda Saudiya tarixida ilk marta kuniga 12 million barrel neft qazib olindi. Ertasiga rekord yana yangilandi: 12,111 million barrel. Nihoyat bu körsatkiç 12,323 million barrelgaça yetdi.

Ma'lumot uçun, bu Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Italiya kabi sanoat rivojlangan yirik davlatlarning bir kunlik ehtiyojidan ham köproq degani.

Saudiya neft qazib oliş tempini tuşirmay bozorga haddan taşqari köp neft çiqardi. AQŞga ham 7ta supertankerda neft yuborildi. Mana şu ham bozordagi narxlarning reallikdan uzoqlaşib ketişiga sabab böldi.

Kelajakda neft qimmatlab ketişi mumkin

 

Xitoy portidagi supertanker / REUTERS

Hozir neft qadrsizlanib, unga boğliq korxonalar zarar körmoqda. Ular katta-katta kredit olişga, qarz bölişga majbur. Ba'zi neft korxonalari esa bankrot bölişga ham ulgurdi. Bunday holatda hozir köpçilikning xayoliga ham kelmayotgan bir narsani taxmin qiliş mumkin. Hammasi öz iziga tuşib, neftga talab yuqori darajaga çiqsa, uning narxi keskin kötarilişi heç gap emas. Axir neft korxonalari öz sohalarida yuz bergan tarixdagi eng yirik inqirozni boşdan keçirişdi. Bu inqirozdan çiqib ketgaç, ular asta-sekin körgan zararlarini qoplaş haqida öylay boşlaşlari tabiiy.

Bunday vaqtda neft eksport qiladigan davlatlar prinsipiallikni ham unutib, birlaşişni va bozorda neftni kamaytirib, «qora kunlar»dagi zararlarni qoplaş haqida birgalaşib öylaşlarini taxmin qilsa böladi.