Ma'lum qilinişiça, prezident sayrni ahaltaka oti Yonardoğ şarafiga bunyod etilayotgan haykalni közdan keçirişdan boşlagan. Uşbu ot Turkmaniston gerbida tasvirlangan.
Berdimuhamedov, şuningdek, Xalq maslahati apparati binolari majmuasi, kongress-markaz, mehmonxona hamda “Turkmanboşi” va “Sanagat” banklari binolari qurilişiga taşrif buyurgan.

Bundan taşqari, Turkmaniston prezidenti velosipedga atab barpo etilayotgan monumentni ham közdan keçirgan. Uni may oxirida, Velosiped kuni oldidan oçiş rejalaştirilgan.
Ma'lumotlarga köra, Berdimuhamedov 20 kmça yöl bosib ötib, velosayrni Betaraflik monumenti yonida yakunlagan.

Ta'kidlanişiça, prezident şu obektlarni 9 aprelda ham közdan keçirgan va şaxsan özi bezak materiallari dizaynini tasdiqlagan va loyihalarga tuzatişlar kiritgan.


Turkmaniston vazirlar mahkamasining 3 apreldagi yiğilişida Berdimuhamedov inqiroz va daromadlar pasayib ketgani sababli qurilişlarni qisqartirib, eng muhim obektlarnigina qurişni buyurgan.












