2020/2021 öquv yilida umumta'lim muassasalarini darslik va öquv-metodik qöllanmalari bilan töliq va öz vaqtida ta'minlaş maqsadida ularni naşrga tayyorlaş hamda çop etiş işlariga jalb etilgan davlat va xususiy naşriyot-matbaa korxonalarining faoliyat yuritişiga ruxsat berildi.
Bu respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilab qöyildi.
Bunda:
- naşriyot-matbaa korxonalarining faoliyati hududiy Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlari bilan birgalikda sanitariya-gigiyena tadbirlariga rioya etilgan holda amalga oşiriladi;
- uşbu korxonalarning faoliyat olib boriş davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga töliq rioya etilişi, xodimlarga ovqatlanişni taşkil etiş, şaxsiy gigiyenik vositalar bilan ta'minlaş uçun şaxsiy javobgarlik tegişli korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq respublika maxsus komissiyasining qaroriga köra, 2019-2020 öquv yili xalq ta'limi tizimida onlayn tarzda yakunlanişi xabar qilingandi.













