«2020 yil 21 aprel soat 23:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1678 nafarni taşkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Özbekistonda koronavirusdan zararlanişning ilk holati 15 mart kuni Toşkentda tasdiqlangandi. Ötgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi böylab tarqaldi.
Sönggi tört kun mobaynida yangi aniqlanayotgan holatlar soni kamaymoqda. 18 aprel kuni 85 kişi, 19 aprelda 75, 20 aprelda 62 va 21 aprelda 51 kişida koronavirus tasdiqlandi.
Şu vaqtgaça 357 kişi kasallikdan soğaydi, 6 kişi vafot etdi.












