U ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi bölmagan nodavlat oliy ta'lim taşkiloti hisoblanadi. TeAM University MÇJ muassis sanaladi. Uning asosiy vazifalaridan biri tadbirkorlik, boşqaruv va boşqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş hisoblanadi.
Norma’ning yozişiça, universitet yetakçi xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan faol hamkorlik qiladi. Xususan, oliy ta'lim muassasasida ta'lim jarayoni va ilmiy faoliyatni taşkil etiş uçun muassis Times Higher Education va Quacquarelli Symonds versiyasi böyiça TOP–1000 reytingiga kiradigan dunyoning yetakçi universitetlari bilan bitimlar tuzadi.
Ingliz, özbek va boşqa tillarda ta'lim beriladi. Raqamli texnologiyalar, masofaviy ta'lim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-öqitiş, blended learning hamda boşqa zamonaviy uslubiyat va yondaşuvlardan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va keçki ta'lim şaklida dars ötiladi. Bitiruvçilarga Özbekistonda oliy ma'lumot töğrisidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining litsenziyasini olgaç, Universitet 2020/2021 öquv yilida ilk talabalari uçun eşiklarini oçadi. Oliy ta'lim muassasasida ta'lim oliş tölov-kontrakt asosida, şuningdek yuridik şaxslar – potensial iş beruvçilar tomonidan taqdim etiladigan ta'lim grantlari, homiylik xayriyalari va boşqa resurslar hisobiga amalga oşiriladi.
TeAM universiteti Toşkent şahar, Yaşnobod tumani, Temur Malik köçasi, 146-uy manzilida joylaştiriladi. Muassis tomonidan tasdiqlangan oliy ta'lim muassasasini rivojlantiriş rejalariga muvofiq kelgusida boşqa viloyatlarda uning filiallari (MÇJ şaklida) oçilişi mumkin.
Hujjat 18.04.2020 yildan kuçga kirgan.
Toşkentda xususiy OTM oçilmoqda. Unda biznes va boşqaruv asoslari örgatiladi
Toşkentda TeAM universiteti oçilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi 241-son qarorida nazarda tutilgan












