«Doimiy propiska qiliş hamda turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonga köra, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi idoralararo elektron hamkorlik tizimi asosida «Manzil» tizimiga köçmas mulk obektlarining manzillari yagona reyestridan özgargan ma'lumotlarning taqdim etib boradi.
Xuddi şu tartib Qoraqalpoğiston Respublikasi va boşqa viloyatlarda 2021 yil 1 yanvardan joriy etiladi.
Hujjatda qayd etilişiça, qömita köçmas mulk egasi bölgan jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bölmaganda, «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasidan foydalanib va axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, uni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi hamda Içki işlar vazirligi ma'lumotlar bazasidan olişni yölga qöyişi kerak.











