Bu haqda The Times naşri yozdi. 2019 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bölgandi. 2020 yil esa uşbu rekordni yangilaşi ehtimoli katta.
AQŞning Okean va atmosfera tadqiqotlari böyiça milliy boşqarmasi (NOAA) ma'lumotlariga köra, 2020 yilning ilk 3 oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oylardan bölgan. Bu oylar 2016 yildagi ilk 3 oydagi rekord haroratlardan keyin 2-örinni egallagan.
NOAA olimlari prognoziga köra, 2020 yil 75 foiz ehtimollik bilan eng issiq yil böladi va 99,9 foiz ehtimollik bilan eng yuqori harorat qayd qilingan yillar beştaligiga kiradi.
Ayniqsa Yevropada harorat faol oşmoqda – bu yerda örtaça harorat XIX asrdan beri 2 darajaga oşgan. Bu orada butun dunyoda bu körsatkiç 1,1 darajani taşkil qilgan.
Iqlim özgarişlarini kuzatiş xizmati Copernicus’da ta'kidlanişiça, Yevropada 12 ta eng issiq yildan 11 tasi 2000 yildan keyingi davrga töğri keladi.
Reding universiteti qoşidagi Atmosfera haqidagi fanlar milliy markazining iqlim tadqiqotlari böyiça direktori Rouen Sattonning aytişiça, bu holat ikkita asosiy omil bilan boğlangan: birinçidan, quruqlik okeanga qaraganda tezroq qiziydi; ikkinçidan, köproq qizişga Yevropada havo ifloslanişi kamayişi ta'sir körsatib, buning natijasida yer sirti tezroq qiziydi.












