Qonunçilikka muvofiq, may oyidan avgust oyigaça bölgan davrda havo harorati 43 daraja va undan yuqori bölsa, kuçli issiq hisoblanadi. Janubiy va çöl hududlarida esa bu körsatkiç 46 daraja va undan yuqori haroratni taşkil etadi.

Bunday şaroitda oçiq havoda yoki sovitilmaydigan hamda isitilmaydigan yopiq xonalarda işlaydigan xodimlar, şuningdek, yuk ortiş-tuşiriş işlarida band bölgan şaxslarga iş kuni davomida qöşimça tanaffuslar berilişi mumkin.

Mehnat kodeksiga köra, iş beruvçi xodimlar uçun isitiş yoki sovitiş uskunalari bilan jihozlangan, dam olişga yaroqli xonalarni ta’minlaşi şart.

Şu bilan birga, mehnat şaroitidan kelib çiqib, iş beruvçi qonunçilikda belgilangan tartibda xodimlarni masofaviy iş şakliga ötkazişi ham mumkin.

Mutaxassislar esa anomal issiq kunlarda zarurat bölmasa kunning eng issiq vaqtlarida taşqariga çiqmaslik, oçiq havoda uzoq vaqt qolmaslik va organizmda suv tanqisligi yuzaga kelmasligi uçun köproq suyuqlik iste’mol qilişni tavsiya etmoqda.